Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Gönderi

192 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
13 günde okudu
Sümerli Ludingirra — Muazzez Ilmiye Çığ
Ludingirra tarixdagi ilk shoir deya eʼtirof etiladi. Albatta, ungacha odamlar she'r aytmagan, to'qimagan deysizmi? Qilgan, lekin Ludingirra she'rlarini yozgan, tarqatgan, hozirgi zamon tilida aytganda kitobi bestseller boʻlgan. Shumer Ludingirra nafaqat shumerlar orasida, balki boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, maktab darsliklarida oʻqitilgan. Bu 4.000 yilni uyog'idagi voqealar. Turkiyalik eng kuchli shumerolog, umrini shu ilmga bagʻishlagan inson - Muazzez Ilmiye Çiğ 56 yillik shumerlar haqidagi bilimi bilan ushbu kitobni "yozgan". Yoki yanayam toʻgʻrirogʻi, Ludingirraning hayoti haqida yozgan kitobini shumer, akkad, hitit tillaridan oʻgirgan. Buning uchun u 74.000 dan ortiq mixxatlarni tadqiq qilib, 33 yilik umrini shunga sarflagan. Shumerlar - ming yillar davomida hukmronligini surgan tarixdagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri qanday qilib yer yuzidan yoʻqolib ketdi? Ularning hayoti qanday edi? Nimalarga ishonishgan? Ko'rinishlari qanday boʻlgan? Oʻzidan keyingi madaniyatlarga qanday hissa qo'shishgan? Mavzuga yangi kirib kelganlarda bu kabi savollar tugʻilishi tabiiy. Ushbu kitob esa birma-bir shumerlar haqidagi deyarli barcha savollaringizga javob beradi. Kitobdagi baʼzi eʼtiborimni tortgan jihatlari haqida ham aytib oʻtsam. Yozuv endi kashf etilgan davrlar boʻlgani uchun sanʼatning eng qiyin va ulugʻ turi bu yozuv san'ati boʻlgan. Shumerlar davrida tijorat ancha gullab yashnagan. Asosan baliqchilik bilan shug'ullanishgan va taomnomalarida ham baliq keng ishlatilgan. Eng koʻp isteʼmol qilinadigan ichimliklari esa pivo boʻlgan. Shumer davrida ham qullar boʻlgan ekan, lekin tizimning qanday ishlashi, tartibi haqida aytilmagan, qiziqqan lekin javob ololmagan joyim shu boʻldi. Shuningdek, maʼlumki u davrlarda politeistik ya'ni koʻpxudolik dinlar boʻlgani uchun, shumerlarda ham son-sanog'i yoʻq ma'bud-ma'budalar, bu ham yetmagandek har bitta insonning oʻzini shaxsiy maʼbudi ham boʻlgan ekan. Ular asosiy, qudratli ma'budlar bilan oʻrtasida elchi vazifasini bajargan. Undan tashqari, shumer xalqida eng qadimiy kasb - foxishalikning ikki shakli boʻlgan. Biri koʻchadagi gunohkor foxishalar boʻlsa, boshqasi ma'budlar uyidagi rohibalar - ilohiy foxishalardir. Bunga koʻp to'xtalmayman, chunki ikkalasini farqini sezmadim. Bundan tashqari, Ludingirra kitobda oʻzi oʻsib-ulg'aygan uyi, mahallasi, ilk muhabbati, otasi, onasi haqida, o'qituvchilik yillari, xalqining rivoyatlarini ham judayam chiroyli tarzda yetkazib beradi. Kitobning bu qismlarida shumer xalqi haqida kattagina maʼlumot olish mumkin. Bizga nomi tanish boʻlgan Gilgamish, Hammurappi kabi ismlarga ham shu boʻlimlarda duch kelamiz. Yana bir eʼtiborimni tortgan narsa, shumerlarda ham bizdagi Nasriddin Afandiga oʻxshash shaxsni yashab oʻtgani boʻldi. Qilgan ishi, shaxsiyati, xarakteri birga-bir oʻxshash. Bu qismlarini hali kanalga tarjima qilib ham tashlayman. Taqriz soʻnggini shumerlarning soʻnggi bilan tugatsam. Shunchalik rivojlangan xalq qanday qilib yoʻqolib ketdi degan savolga kitobda shunday javob berilgan. Bu xalq doimiy urushlarni koʻrgan. Shumer xalqi urushlar oqibatida uch marta parchalanib, qayta tiklangan. Uchinchisida barcha shahar qirolliklari bitta markaziy Bobil qirolligiga birlashgan va akkad aslli Hammurappi tomonidan boshqarilgan. Shundan keyin, shumerlar asta-sekin yoʻqola borgan. Lekin oʻzi yoʻqolsada, nomi o'zgarsada, ularning afsonalari, madaniyati, bilimlari boshqa xalqlarga boshqa nomlar bilan oʻtib, foydalanib kelingan. Shumerologiya fani paydo boʻlganiga, boʻlsa 100 yil boʻlgandir. Fanda yangi yoʻnalish boʻlgani uchun ham hali bu sohada yetarlicha tadqiqotlar olib borilganicha yoʻq, oʻrganilmagan maʼlumotlar son mingta. Hatto mana bu Shumer Ludingirra kitobi ham hali tugal tarjima qilinmagan, menimcha barcha qismi toʻliq topilmagani uchun shunday. Asarni tarixiy sivilizatsiyalarga qiziqadigan barcha kitobxonlarga tavsiya qilaman. Kitob tili unchalik murakkab emas, turk tilidan ozgina xabardor boʻlishni oʻzi yetarli. Bundan tashqari, adibni shu mavzudagi boshqa kitoblari ham mavjud. Ularni ham shu yil oʻqib chiqish, qiziq joylarini tarjima qilib ulashib borish niyatim bor.
Sumerli Ludingirra
Sumerli LudingirraMuazzez İlmiye Çığ · Kaynak Yayınları · 2019834 okunma
·
30 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.