Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol
Gönderi Oluştur

Gönderi

159 syf.
6/10 puan verdi
·
Beğendi
·
20 günde okudu
Turkiy xalqlar mafkurasi — Usmon Turon
Toʻmaris dostoniga qiziqish asnosida, umumiy tariximizga ham bir koʻz yugurtirib qoʻyay deb Usmon Turonning shu kitobini oʻqib chiqdim. Kitob mavzuga kirish qilmoqchi boʻlganlarga yaxshi qoʻllanma boʻla oladi. Unda turklarning etnik va irqiy xususiyatlari, tarix davomida mo'g'ullashishi va islomga kirishi, islomdan avvalgi davrlari, turmush tarzi va milliy dinlari haqida yaxshi maʼlumotlar berilgan. Turkiy xalq dostonlaridan, tarixchilarning kitoblaridan iqtiboslar oʻrni-o'rnida ishlatilgan. Turklarning jahon hokimiyatida tutgan oʻrni va millat, vatan, din tushunchalari chuqur yoritilgan. Bizning ajdodlarimiz tarix maydonida koʻplab jabhalar boʻyicha yetakchi boʻlishgan. Jang sanʼati, hokimiyat boshqaruvi va an'analarga sodiq qolish borasida hech bir millat bizga yetisha olmagan. Shu sababli ham, balki butun dunyo tarixchilari oʻz kitoblarida bizni oʻrnak qilib yozib qoldirishgandir. Chindan, tariximizdan butun dunyoga oʻrnak boʻladigan koʻp darslarni chiqarish mumkin. Yuqorida sanalgan jihatlardan kitobga hech bir eʼtirozim yoʻq. Faqat muallifning baʼzi masalalarda eʼtiqodi yuzasidan xolislikni yoʻqotib qoʻya yozgani koʻngilni xijil qildi. Ayniqsa, turklarning islom dinini qabul qilishi borasidagi boblarda adib ratsionallikdan uzoqlashib qolgan. Turklarning an'analarga naqadar sodiqligini hisobga olsak, muallif yozganichalik boshqa bir din (islom) ni osongina qabul qilmaganlarini tushunish mumkin. Bu yerda hokimiyatdagi amal egalarini emas, oddiy xalqni nazarda tutyapman. Bu borada "Turklar qanday qilib musulmon boʻldi?" nomli kitobda batafsil yozilgani haqida oʻqigandim, endi kitobni oʻzini ham varaqlab koʻraman. Kitobdagi bir maʼlumot men uchun yangi va juda qiziq boʻldi. Arablar turklarni islomni qabul qilmagungacha "yajuj-majuj qabilasi" deyishgan ekan. Turklar yoppasiga islomni qabul qilgandan soʻng esa, bu maqom turklardan olinib, moʻgʻullarga tang'ib qoʻyilgan. Qizig'-a? Xatto paygʻambar Muhammad (s.a.v) turk tili haqida shunday degan ekan: "Turk tilini oʻrganing. Zero, ularning hokimiyati uzoq davom etadi." Shuningdek, kitob oxirlarida turklar va islom dini borasida koʻp hadislar, tarixchilarning qaydlari va fikrlar berilgan. Kitobni turkiy xalqlar tarixiga kirish qilish uchun oʻqish mumkin. Yana, kitobni oʻzidan ham keyingi oʻqiladigan kitoblarni chiqarib olsangiz boʻladi.
Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi Tarihi
Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi TarihiOsman Turan · Ötüken Neşriyat · 2019410 okunma
·
13 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.