Urushlarda jang qilayotgan odamlar dunyodagi eng ajoyib odamlardir, frontning qizgʻin qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib kishilarga koʻproq duch kela boshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning oloviga yana olov tashlab turganlar iqtisodiy raqobatdan, foyda undirishdan boshqa narsani oʻylamaydigan toʻngʻizlardir. Men urushda boylik orttirganlar, urush olovini yoqqanlar urushning birinchi kunlaridayoq mamlakat fuqarolarining muxtor vakillari tomonidan otib tashlanmog‘i zarur, deb oʻylayman.
Alvido, qurol. Xemingueyning oʻz soʻzboshidan