Gönderi

375 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
67 günde okudu
Hayvan mezarlığı — Stephen King
Asar 4 kishidan iborat kichik oila - Kridlarning qalin o'rmon bilan qoplangan Ludlov shaharchasiga ko'chib kelishlari bilan boshlanadi. Bostonning shovqinli hayotidan qochib, huzur va tinchlik istab kelgan bu yosh oilani oldinda aqlga sig'mas ishlar kutib turgandi. Kitobni o'qirkanman, eng boshida ularning qora mushigi - Uinston Cho'rchill e'tiborimni tortdi, nima bo'lgandayam kitob muqovasida uni rasmi turgandi. Oila a'zolari yangi uyga joylashib, qarshidagi qo'shnisi qariya Jad bilan tanishishadi, u esa oilani o'zlari ko'chgan uyga tegishli bo'lgan bog' bilan tanishtiradi. Orqa tomondagi tor yo'lakdan ketiladigan, qalin va rutubatli o'rmon ichidagi maskan, kitob nomida aytilgan joy - hayvonlar qabristoniga.  Kitobdagi asosiy voqealar mushugimiz Cho'rchning o'limi bilan boshlanadi. Jad esa Luis (Krid) ni o'sha mash'um joy - hayvonlar qabristoniga, to'g'rirog'i uning ham orqasida joylashgan Mikmak qabristoniga olib boradi. Mushukni yana hayotga qaytarish uchun. Luisning qizi mushugini o'lganini bilib, hafa bo'lmasligi uchun. Balki Jadning bu qabristonga qaramligi uchundir, aslida. Nima qilsa ham, Jad bu yerga Luisni yetaklab kelmaganda kitobdagi hech bir yomon voqea bo'lmasdi. Lekin Jad bu yerga avval ham kelgandi. Qabriston esa o'ziga kelganlarni yana o'ziga tortadi, o'ziga qaram qiladi. Mikmak qabristoni, qadimgi shu nomli qabiladan qolgan "yodgorlik". Qabila a'zolari ocharchilik boshlangan paytlari bu "yer"ga kelishar va oralaridan birini tanlab yeyishardi. Bundan tashqari, bu yerda yovuz bir kuch, o'liklar dunyosini xudosi, qabila tilida aytganda, Vendigo hukm qilardi. Mikmaklar orasiga u nifoq urug'larini sochar, kelgindilarni o'ziga qaram, u yerga ko'milib qayta tirilgan jonzotlarni esa o'ziga itoatkor qilardi. Ludlovdagi bir qancha kishi o'zini uy hayvonlarini bu yerga olib kelgandi. Ular yana tirilgandi. Lekin... ba'zi o'zgarishlar ham yo'q emasdi.  Hayvonlar qabristoni - mistika unsurlari, tark etilish, a'za va yo'qotish jarayonlari bilan o'lim tushunchasiga oid "otsilka"lari, keskin burilishli sahnalari bilan qo'limdan qo'ymay o'qishga majbur qilgan, King muallifligdagi ikkinchi kitob bo'ldi. Yozuvchi hikoya qilish uslubi bilan yana bir bor meni o'ziga tobe qildi. Gotik va fantastik unsurlardan tashqari, insonga xos eng primitiv tuyg'ularning ta'sirli shaklda ifodalanishi, qabul qilinmaydigan, doim qochiladigan O'lim tushunchasining farqli nuqtayi nazarlardan qalamga olinishi sababli, kitobni "qo'rqinchli" dan ko'ra ko'proq "drama" janriga kiritish mumkin. Quyida kitobdan ba'zi parchalarni keltirdim: Inson aqli qabul qila oladigan dahshatning chegarasi borligiga ishoning yanglish fikr bo'lishi kerak. Aksincha insonni chulg'agan zulmat ortgan sari harakatga o'tgan mexanizm ham bu chegarani cheksiz kengaytiradi. Inson tajribalarining o'ziga bergan isboti shu: Kabuslar tobora qoraygan sayin dahshat ustiga dahshat yog'iladi, bir yomonlik boshqasini tug'diradi, oqibatda zulmat har yerni, har neni qoplaydi. Insonni eng ko'p dahshatga soladigan muammo ham zehnining bularni qanchasini qabul qilolishi va buni ustiga shafqatsiz, sergak xushyorlikka ega bo'la olishidir. Bu turdagi voqealarning o'ziga xos telbaligi bor ekani shubhasiz. Hatto bir nuqtada vaziyat birdan kulgili tus ola boshlaydi. Mana shu pallada aql yo o'zini himoya qilishni boshlaydi yoki bosimga chidolmay eziladi. *** Luis Krid keyinroq hayotining eng baxtli kuni 1984-yilning 24-mart kuni ekanligini o'ylardi. Boshlariga tushishi kutilayotgan voqealar yetti hafta uzoqda edi, ammo shu yetti haftani o'ylagach, bu vaqt mobaynida muhimroq narsa bo'lganini eslamasdi. O'sha dahshatli narsalarning hech biri bo'lmasaydi, bu kunni butun umr eslab yurardi. Boshdan oxiriga qadar yaxshi o'tgan kunlar zotan oz edi. Balki da inson hayotining haqiqatan yaxshi o'tgan kunlari jami bir oy ham chiqmas. Luisning fikricha, Xudo azob berishga kelganda jo'martroq bo'lib ketardi. *** "Xudoga shukrlar bo'lsinki, azob chekmadi, Luis. Jilla qursa tez bo'ldi." Ha, tez bo'ldi, deya o'yladi Luis. Zehnidagi so'zlarni ayolning yuziga uloqtirishni istardi. Tez bo'ldi, hech xavotir olma. Shu sababli, zotan tobuti berk. Magazinlardagi manikenlar kabi kiydirilishi va makiyaj qilinishini istasak ham Geyj uchun qilish mumkin bo'lgan hech narsa yo'q edi. Juda tez bo'ldi. Missy, bir daqiqa oldin yo'lda edi, bir daqiqa keyin esa yotgandi. Lekin, Rinjerlar uyining yonida. Tanker bolaga urildi, o'ldirdi, keyin esa sudradi, ishon ki juda tez bo'ldi. Yuz metrgacha, bu bitta futbol maydoni degani. Ortidan yugurdim, Missy. To'xtamay ismini takrorlardim. Go'yo hali ham tirik qolishi mumkindek, bo'lmasa doktor edim men. O'n metr narida beysbol bosh kiyimi bor edi, yigirma metr yana yugurdim, oyoq kiyimlaridan birini ko'rdim, qirq metr narida edi tanker, Rinjerlar pichanxonasi orqasida ag'darilgandi. Odamlar uyida chiqardi, men esa o'g'limni to'xtamay chaqirardim, Missy. Ellik metr narida jemperi turardi, teskari bo'lgancha, yetmish metr narida ikkinchi oyoq kiyimi, sal keyinroqda esa Geyjning o'zi.
Hayvan Mezarlığı
Hayvan MezarlığıStephen King · Altın Kitaplar · 201911,9bin okunma
90 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.