Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol
Gönderi Oluştur

Gönderi

441 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
24 günde okudu
Uch og'ayni — Erix Mariya Remark
Asar nomidan, bir qarashda uch o'rtoqning qandaydir sarguzashtlari haqidadek tasavvur beradigan ushbu kitob, aslida o'ylaganingizdan kengroq mavzu - muhabbat haqida. Va men qo'rqmasdan, sevgi mavzusida o'qigan eng tabiiy, sof, samimiy asarim shu bo'ldi, deya olaman. Asarda ikki sodda qalbning topishishi, birlashishi va yuksalishi judayam chiroyli tarzda tasvirlangan. Undan tashqari, do'stlik, siyosat, yo'qchilik, urush kabi bir qator mavzular ham qalamga olingan. Remark asarlarida doim uchratadigan manzaramiz - urushdan keyingi hayot, odamlarning yo'qsil turmushi, qabriston, mehribon foxishalar va bitmas-tuganmas ichkilik) Asar bosh qahramonlari Robbi va Patning bir-biriga bo'lgan munosabati, bularni mosligini ko'rib, havasim keldi. 500 sahifa davomida biron marta hijillashib qolishmadi, doim bir-birini ma'qullab-qo'lladi. Har narsani bizdek murakkablashtirish o'rniga oddiy qaradi va sevgidan ham ortiqroq tuyg'ularni yashashdi. Buni nima deb nomlashni bilmayman, lekin ularni orasidagi munosabatni sevgi deyish, ularni kamsitishdek eshitilyapti menga. Bu muhabbatdan boshqacharoq narsa. Faqat shuning uchungina yashasang arziydigan narsa. Kitob yozilishi jihatidan yengil o'qiladigan va sizni hissiyotlar domiga tortadigan, kezi kelganda quvontirib, kuldirib, kezi kelganda ko'zingizdan yosh oqizoladigan xilidan. Nafaqat Remark ijodidagi eng sevimli kitobim, balki umumiy, eng eng sevimli kitobim bo'lmish Martin Iden bilan teng pog'onaga chiqdi bu asar. Uch kundan keyin bu asar muhokamasi bor, shu sababdan qisqa vaqtda tugatdim, lekin keyinroq albatta qayta o'qiyman. Quyida kitobdagi menga eng ko'p yoqqan jumlalarni yig'dim: Hech narsani yuragingga yaqin olma, - derdi Kester. - Yaqin olsang, o'sha narsani asrab olmoqchi bo'lasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab bo'lmaydi. Kamtarlik bilan halollik faqat romanlarda rag'batlantiriladi. Hayotda esa bunaqa odamlarning shirasini so'rib, po'stlog'ini tuflab tashlashadi. O'zingizga xon, o'zingizga beksiz, - dedi Xasse. Bir hisobda to'g'ri - yolg'iz odamni hech kim tashlab ketmaydi. Ammo ba'zan kechqurunlari, bu sun'iy farog'at shunaqayam sillani quritadiki, o'zingni qayerga qo'yishni bilmay qolasan. - Kishilik jamiyatining ildizlari ochko'zlik, qo'rqoqlik va sotqinlikdan iborat, - e'tiroz bildirdi Grau. - Odamzot yovuz, lekin ezgulikni yaxshi ko'radi... faqat birovlardan chiqadigan ezgulikni yaxshi ko'radi. Bilamanda: har qanday muhabbat boqiy bo'lishni istaydi, uning boqiy azobi ham shundan. Lekin dunyoda intihosiz narsaning o'zi yo'q. Chunki qorong'u tushyapti. Bama'ni odam kechga yaqin hamisha dilgir bo'lib qoladi. Unga boshqa sababning keragi yo'q. Shunchaki... dilgir bo'ladi-qoladi... Bu muhabbatdan boshqacharoq narsa. Faqat shuning uchungina yashasang arziydigan narsa. Erkak kishi yolg'iz muhabbatga suyanib yashay olmaydi. U azbaroyi boshqa odamni deb yashashga qodir. Faqat baxtsizlargina baxtning nimaligini yaxshi bilishadi. Baxtli odam hayot quvonchini qo'g'irchoq kabi tuyadi: u bu quvonch ko'z-ko'z qiladi, xolos. Aslida bundan bebahra. Yorug' paytda chirog'ning nuri ko'rinmaydi. U faqat qorong'ida ko'rinadi. Qorong'ilik uchun ichamiz! - Shu paytgacha aqlim bovar qilmaydi: nimam senga ma'qul bo'ldiykin? - Bu yog'ini qo'yaver, - dedi Pat. - O'zing bilasanmi? - O'zim ham bilmayman, - javob berdi u kulib. - Bilganimda, buni sevgi deb bo'lmasdi.
Üç Arkadaş
Üç ArkadaşErich Maria Remarque · Altın Kitaplar Yayınevi · 1961223 okunma
·
64 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.