Asar nomidan, bir qarashda uch o'rtoqning qandaydir sarguzashtlari haqidadek tasavvur beradigan ushbu kitob, aslida o'ylaganingizdan kengroq mavzu - muhabbat haqida. Va men qo'rqmasdan, sevgi mavzusida o'qigan eng tabiiy, sof, samimiy asarim shu bo'ldi, deya olaman.
Asarda ikki sodda qalbning topishishi, birlashishi va yuksalishi judayam chiroyli tarzda tasvirlangan. Undan tashqari, do'stlik, siyosat, yo'qchilik, urush kabi bir qator mavzular ham qalamga olingan. Remark asarlarida doim uchratadigan manzaramiz - urushdan keyingi hayot, odamlarning yo'qsil turmushi, qabriston, mehribon foxishalar va bitmas-tuganmas ichkilik)
Asar bosh qahramonlari Robbi va Patning bir-biriga bo'lgan munosabati, bularni mosligini ko'rib, havasim keldi. 500 sahifa davomida biron marta hijillashib qolishmadi, doim bir-birini ma'qullab-qo'lladi. Har narsani bizdek murakkablashtirish o'rniga oddiy qaradi va sevgidan ham ortiqroq tuyg'ularni yashashdi. Buni nima deb nomlashni bilmayman, lekin ularni orasidagi munosabatni sevgi deyish, ularni kamsitishdek eshitilyapti menga. Bu muhabbatdan boshqacharoq narsa. Faqat shuning uchungina yashasang arziydigan narsa.
Kitob yozilishi jihatidan yengil o'qiladigan va sizni hissiyotlar domiga tortadigan, kezi kelganda quvontirib, kuldirib, kezi kelganda ko'zingizdan yosh oqizoladigan xilidan. Nafaqat Remark ijodidagi eng sevimli kitobim, balki umumiy, eng eng sevimli kitobim bo'lmish Martin Iden bilan teng pog'onaga chiqdi bu asar.
Uch kundan keyin bu asar muhokamasi bor, shu sababdan qisqa vaqtda tugatdim, lekin keyinroq albatta qayta o'qiyman. Quyida kitobdagi menga eng ko'p yoqqan jumlalarni yig'dim:
Hech narsani yuragingga yaqin olma, - derdi Kester. - Yaqin olsang, o'sha narsani asrab olmoqchi bo'lasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab