Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Gönderi

264 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
Ifor — Patrik Zyuskind
Bir qotilning qissasi - IFOR Asar nemis yozuvchisi Patrik Zyuskind tomonidan 1985-yilda yozilgan va muallifga ulkan shuhratlar keltirgani aytiladi. Buni kitobning haligacha o'qilishi va 33 tilga o'girilganidan ham sezish mumkin. Asar asosida 2006-yilda ishlangan film esa kitob mashhurligini karrasiga orttirgan menimcha. Asar XVlll asr Fransiyasidagi jirkanch, isqirt va sassig'iga bulg'anib yotgan ko'chalaridan birida qahramonimizning dunyoga kelishi bilan boshlanadi. O'z aka-opalariga nisbatan hayotda qolishga maylli bo'lgan Jan Batist Grenuy baliq hidi anqigan tashlandiqda o'zining ko'rimsiz hayotini boshlaydi. Avval boshda onasidan, keyinchalik sut onasi, tarbiyachisi va tengdoshlaridan e'tibor, qadr, marhamat ko'rmagan Grenuy ichki olamiga yopilgancha ulg'ayadi. Uni boshqalardan ajratib turgan va asar qahramoni qilgan xususiyat esa uning hid bilish hissiyoti edi. Bu his unda daxshatli darajada kuchli edi, u minglab hidlarni bir biridan ajrata olar, hayotga burni bilan "qarardi". Uning dunyoni hidlar orqali tasavvur qilish qobiliyati uni attorlik hunari tomon yetaklaydi va bu ishning sirlarini chuqur o'rgana boshlaydi. So'ngra bir kuni Grenuy tushunadiki, nafaqat tevarak-atrofdagi narsalar, buyumlar, balki har insonning ham o'ziga xos hidi bor. Bu hid egasining shaxsiyati haqida yetarlicha so'zlashi mumkin. Grenuyni tashvishga solgan jihat esa o'zining hidsizligi edi. U o'zining hidini umuman sezmas edi, xuddi boshqalar uni hidini sezmagani kabi. Uning o'ziga xos hidi yo'qligi odamlar tomonidan ko'rmasdan kelinish, umuman e'tibor berilmaslik, hatto uning mavjudligini ham sezmasliklariga sabab bo'lardi. Grenuy yoshligidan beri davom etayotgan yolg'izlik ruhiyatining sababini ilg'agandek edi. Ortiq bunga chidab bo'lmasdi. Uni hamma bilishi, yaxshi ko'rishi, mavjudligini tan olishi, hatto ta'bir joiz bo'lsa unga sig'inishi kerak edi. Grenuy bunga loyiq, chunki u dunyo iforlarining qiroli, dohiysi edi. Mana shunday qilib ojizgina yigit miyasida manyaklarcha rejalar urchiy boshlaydi. U o'zining vaxshiy maqsadiga erishish uchun tinmay mehnat, sabr va tizimli harakat qiladi. Unda hid bilishdan boshqa insoniy hissiyotlardan birortasi yo'q edi. Agar sevgi yomg'ir bo'lsa, hammaning ust-boshini ivitgan yomg'irdan Grenuy ustiga bir tomchi ham tushmasdi. Uning sevgisiz ulg'ayganligi o'ljasi qarshisidagi sovuqqonligining sababi edi. Jamiyat ichida alohida shaxs sifatida "mavjud" bo'lolmagan va istagan ishini qila olishiga qaramay o'z shaxsiyatini yaratolmagan daho haqida hikoya qiluvchi bu allegoriya, g'ayritabiiy ochiqlik bilan tasvirlangan final qismi bilan inson tragediyasini ochib bera olgan. Hammaga tasviya qilmayman, inson psixologiyasining qorong'u tomonlariga qiziquvchi, og'ir asarlarni o'qiy oladiganlarga bu kitob armug'on. Insonning mehr, e'tibor, sevgiga ochligi, bu extiyojlar bostirilganda inson qay ko'ylarga tushishi zo'r mahorat bilan ta'riflangan. Zyuskind, hayolingga bunaqa hikoya qanday keldi, manyakmisan sen?)
Koku
KokuPatrick Süskind · Can Yayınları · 201821,9bin okunma
·
88 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.