Gönderi

"Oq so'yloq" qissasi.
9/10
·80 syf.··
Beğendi
·
2023 7. kitabı
·
3 günde okudu
·
Okunma: 27 Aralık 2023 00:00
Onasi it, otasi bo'ri bo'lgan, tashqi ko'rinish bo'ri tusini beruvchi, ichki dunyosi (balki hissiyoti) itlarga xos sadoqatni onasidan olgan "Oq so'yloq" laqabli, hayotida 2 bor «hurigan» itning hayoti haqida. "Bebaho it"... "Bo'ri?!"... "Bebaho bo'ri".... Qo'rquvlari... Sadoqati... Mehrga zorligi... O'zicha anglagan tushuncha va "qonunlar" Bu dunyoda insonda kam uchraydigan hislat, o'rgangani va qat'iy belgilangan qoidaga amal qilishi. Adolatni va mehrni qadrlashi. Bo'ysunmaslik, hattoki egasiga mehrini qanday ifodalashni bilmaslik. Muhimi "U faqat bitta odamni yaxshi ko'rar va undan boshqasiga ko'ngli ilimasdi..." Bu esa egasi uydan ketganda hech narsa yemay qo'ygan, kasal bo'lib qolish darajasiga borgan sadoqatdir. Lekin bo'rining bo'ysunganini o'qib achingandek bo'ladi odam, chunki erkligi, chegarasiz hayotidan - zanjirga bog'lanish, qattiqqo'l Kulrang Qunduzdan "mehr kutish" va shu holda ham sadoqatini isbotlashga urinish, Xushro'y Smit qo'lida qimor anjomiga aylanishini o'qish oq so'yloqqa rahmingizni keltiradi. Lekin degan joyi bor. Agar u yovvoyi hayotda qolganida qonxo'r bo'ri bo'lardi... Agar Kulrang Qunduz qo'lga o'rgatib, Smit urishtirmagandi katta hayotiy tajriba ola olmasdi (insonlar orasida). Shuncha og'ir va mashaqqatli davrlardan so'ng (hoynahoy 5 bahor qarshilagandan keyin) barcha qilgan sabrining mukofoti o'laroq Uidon Scott kabi oliyjanob insonni qo'liga o'tadi. Sadoqatni qadrlaydigan inson. Kitobni o'qib, ishonchsizlik va uning sababini, Hattoki hayvonlarning ba'zilari ham tushuna olishiga amin bo'ldim. 2 marta odamdan yaxshilik ko'rmagan "bechora" albatta ki uchinchisi bilan "muloqotni" hamla bilan boshlaydida, go'sht bersa avval tekshirib keyin yeydida, dastlab qo'lidan emas yerga tashlagandan keyin yeydida(go'shtni). Ha ishonch - shisha misolidir deb bejiz aytishmagan ekan. Yana Oq so'yloq dagi qadrlanadigan jihat o'zini yo'qotib qo'ymaslik, ham quvonarli holatda, ham qo'rqinchli holatda. Bu xarakteri unga ko'p janglarda ham, vaziyatlarda ham foyda bergan. Oldidagi bahaybat dushmanidan xadiksiramasligi, judayaaaam sog'ingan egasi kelganda to'polon qilib yoki ichiga sig'maydigan darajada emas, bosiqlik va sabrni davom ettirgan holda sekin va ohista, boshqa hech kimga boqmaydigan mehr to'la ko'z bilan qarshi olishi, araaang kulishi... - Kitobni o'qigan inson: Shimol o'lkasining qorli sovuqlari va Oq so'yloqning o'ziga xos sadoqati va boshqa beqiyos hislatlarini his qiladi.
White FangJack London · MK Publications · 095,5bin okunma
·
30 Gösterim
Yorumlar
Lütfen giriş yapınız.