Gönderi

Vejetaryen - Hang Kang
Puan vermedi·160 syf.··
Beğendi
·
2024 1. kitabı
·
11 günde okudu
·
Okunma: 05 Ocak 2024 17:31
Koreys adabiyotiga mansub ushbu psixologik-to'qima roman uch qismdan iborat bo'lib, uch yon obraz orqali bosh qahramon haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon qo'y og'zidan cho'p olmaydigan, "oila ayoli" bo'lmish Yonghe bir kuni yomon tush ko'radi va o'shandan boshlab vegetarianga aylanadi. Uydagi barcha go'shtlar, tuxumlar, hayvondan olinadigan nimaiki yemish bo'lsa hammasi uloqtiriladi. Unga qo'shilib oilaning tinchligi ham... Ilk boshda Yonghening g'alati xulq-atvori uning eri tomonidan tasvirlanadi. Yaxshi "variant" bo'lgani uchungina bu ayolga uylangan er, xotinining bu o'zgarishidan jig'ibiyron bo'ladi. Sababi, shundoq ham kamgap bo'lgan ayoli endi deyarli umuman gapirmas, kechalari bilan uxlamas, uning dastidan uyda go'sht yeb bo'lmasdi. Bu bo'limda Yonghening vegetarianlikka qadam qo'yishi, uning sabablari va yuzaga kelgan o'zgarishlariga guvoh bo'lamiz. Kitobning ikkinchi qismi Yonghening kuyovi (opasining eri) tomonidan hikoya qilinadi. U qaynisinglisini ko'rgan paytdayoq yoqtirib qolgan, o'sha lahzadayoq ayol tanlashda adashganini tushunib yetgan va o'shandan boshlab qaynisingligiga qarshi bostirib bo'lmas xirs tuyardi. San'atda omadi kelmagan kuyov bola qaynisinglisini orqasida joylashgan yashil Mo'g'ul dog'ini o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi va uni o'zining san'ati bo'lmish video yozuvlariga tushirmoqchi bo'ladi. Va kitobning so'nggi qismida Yonghening opasi Inghe asosiy qismga chiqadi va hayotida davomida uchrayotgan qiyinchiliklari, singlisini hayotga qaytarish uchun qilayotgan harakatlari, erining singlisi bilan don olishganining og'riqli izlari, o'g'li va ayniqsa singlisiga tuyadigan cheksiz mas'uliyat hissi hikoya qilinadi. Kitobda bir qancha masalalar ochilgan bo'lib, ularni tahlil qilish juda muhim. Masalan, Yonghening eri tomonidan past nazar bilan ko'rilishi, ayolmi demakki hamma xizmatlarini qilib, indamay yashashi kerakligi haqidagi joylari (o'zimiz bilan o'xshab ketarkan) bilan kitobda jinsiy kamsitilish mavzusi ochilgan. Yonghe vegetarianligini aytib, ovqat yemasligini gapirganda, otasining majburlab og'ziga go'sht solmoqchi bo'lgani, zo'rlik ishlatib uni kaltaklagani bilan oila a'zolari o'rtasidagi nosog'lom/toksik munosabatlarga urg'u berilgan. Zotan, hamma muammolarning tub ildizi oilaviy muhitga borib taqaladi. Yonghening psixik buzilishlarining asl sababi ham, o'ylashimcha, bolalikdagi toksik oila muhiti edi. "Vegetarian" 2016-yilda Xalqaro Man Booker mukofotini qo'lga kiritgan. Kitob Koreys adabiyotini boshlash va insonning teranliklariga sho'ng'ish istagidagilarga tavsiya etiladi.
VejetaryenHan Kang · April Yayıncılık · 20259,7bin okunma
·
105 Gösterim
Yorumlar
Lütfen giriş yapınız.