·240 syf.··Beğendi
···Okunma: 27 Mart 2024 10:28 Afsonaviy qahramonimiz Toʻmaris haqidagi filmni koʻrgach, mavzuga doir badiiy adabiyot oʻqish istagi uygʻongandi. Shunda oldimdan shu kitob chiqdiyu, oʻqishni boshladim.
Kitob sak turklarining ilk ayol hukmdori Toʻmaris Xotun haqida boʻlsada, Toʻmaris shaxsini oxirgi 40 betda oʻqidim xolos. Ungacha 200 bet davomida fors va sak turklarining dushmanchiligi, Toʻmarisning bobosi, turkiy xalqlarni birlashtirib Turon davlatini qurgan inson Alp Er Toʻnga (Afrosiyob) haqida uzundan uzoq hikoya anglatilgan. Bu tomondan kitob menga juda yoqdi. Tarixiy haqiqatga unchalar yaqin boʻlmasada dostonlarda aytilgan shaxslar bilan yaxshiroq tanishib oldim. Kir ll, Afrosiyob, Barsgan, Toʻmaris kabi qahramonlar, ularning yashagan davrlari, jang sahnalari koʻz oldimda shundoq gavdalandi.
Bu orada adib tarixiy manbalardan foydalanib ajoyib roman oʻrtaga qoʻygan. Menimcha bu kitobni oʻzbekchaga ham tarjima qilish kerak. Tariximiz haqida bunday badiiy asarlarni boshqalar ham oʻqishini xohlardim. Chunki tarixini bilgan odamdan har turli johillik chiqmaydi. Jilla qursa shunga qarab oʻzini tutadi, shunga mos shaxsiyat yaratadi oʻziga.
Misol, u paytlar ayollar ham erkaklarchalik yigit qilib tarbiyalagan, ki oʻzini oʻzi himoya qila olsin deya. Ayol va erkaklarning jamiyat va siyosatdagi oʻrni teppa-teng boʻlgan. Buni Toʻmarisning hukmdorligidan ham bilib olish mumkin. Hozirchi? Ayolga insonni ikkinchi sortiday qaraymiz. Tariximizni bilganimizda ham shunday qararmidik? Menimcha, yoʻq.
Kitobdan bundan keyin oʻqish uchun bir talay kitoblar roʻyxatini chiqardim. Ular Qutadg'u bilig, Devonu lug'atit turk, Shohnoma, Sayohatnoma, Herodot tarixi kabi tarixiy asarlar. Menimcha, shu chizgida davom etsam tariximiz haqida kengroq bilimga ega boʻlaman. Badiiy tarixiy roman oʻqishni yoqtiradiganlarga esa yuqoridagi Tomris Han kitobini tavsiya qilaman.