O'quvchi qiz — Osamu Dazai
7/10
·56 syf.··
Beğendi
·
2024 10. kitabı
Dazai bu hikoyasini o'z o'quvchisi yuborgan maktubga asoslanib yozadi. Unda ismi noma'lum bir qizning ertalab uyg'onganidan to uxlagungacha bo'lgan bir kunlik hayoti tasvirlangan. Bundan avval adibning "Insoniyligimni yo'qotib" asarini o'qigandim, shu sabab bu hikoyani hech ikkilanishsiz o'qishga kirishdim. Dazaining kulrang pessimizm ruhidagi uslubi menga judayam yoqadi. Hikoyada o'spirin qizning odatiy bir kuni yoziladi. Xayolidan o'tkazayotgan o'ylari silsilasi oddiy tilda bayon etilganidan, bir o'tirishda, nonga sariyog' surtganday silliq o'qiladi. Qahramon qiz o'zining nima xohlashini yaxshi biladigan lekin "atrofdagilar nima derkin?" qo'rquvi/bosimi bilan istaklarini doimiy bostirib keladigan shaxs. O'zi istaganday yasholmayotgani uchun tushkunlikka tushgan va uning xayolidagiday yashayotgan insonlarga cheksiz havasda, ular kabi jasur va ozod bo'lishni istovchi qiz. "Mening qarindoshlarim orasida ham o'zini to'g'ri-durust tuta biladigan, orzulari ketidan yuguradigan, "mana bu odam haqiqiy ma'noda yashayapti" degulik bir kishi bor, ammo qarindoshlarimning hammasi uning ustidan kuladi. Unga ahmoqday muomala qilishadi. Men hech ham bunday ahmoqday muomala ko'rib, yengilishimni bila turib oyim va boshqalarga qarshi chiqish uchun o'z fikrlarimda sobit qololmayman. Qo'rqaman" Ichi sevgiga to'la, ammo uni bag'ishlashga kimsasi yo'q qizning kundaligi bu. Sevgiga, tushunilishga muhtoj o'smirning kechinmalari yozilgan maktub bu. Ichida aytmoqchi bo'lgan bir talay gaplari bo'la turib, eshitishga odami bo'lmagan qizning yoziqlari bu. Hammasini ichiga yutishga majbur bo'lgan, uxlashga yota turib, ertaga albatta baxtli onlar kelishiga umid bog'lagan inson hikoyasi bu. "Biz tortayotgan azobni haqiqatan hech kim sezmaydi. Bir kun ulg'ayib ortga nazar tashlaganimizda barcha bu azob va g'amlarning naqadar ahmoqona bo'lganini g'ira-shira eslarmiz balki. Lekin, roppa-rosa yetuk shaxs bo'lishimiz bilan o'tib ketadigan bu uzun va dahshatli davrni qanday o'tkazmog'imiz kerak? Hech kim buni o'rgatmaydi."
Öğrenci KızOsamu Dazai · Can Yayınları · 202213,6bin okunma
·
26 Gösterim
Yorumlar
Lütfen giriş yapınız.