Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol
Gönderi Oluştur

Gönderi

Urush odamlari — Nazar Eshonqul
Remark asarlaridan urushning odamlarga taʼsiri haqida koʻp oʻqiganmiz. "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq", "Qora haykal", "Uch ogʻayni" asarlarini oʻqib, vaziyatni koʻz oldimga gavdalantirgandim. Nazar Eshonqulning bu qissasida oʻzimizning xalq nuqtayi nazaridan ham bu mavzuga qarashga mukallaf boʻldim. Oʻsha davrlar uchun bizdagi vaziyat Remark qahramonlaridan ham ogʻirroq boʻlgan ekan. Chunki bizda urushdan-da yomonroq yana bir dushman boʻlgan - odamlarimizning oʻzi. "Urush odamlari" qissasi goʻyo shuni yetkazmoqchi boʻlganday, insonlar aro munosabatlarimiz urushdan qolishmasligi, notoʻgʻri tushunish, anglashilmovchilikning oʻzbekchilik niqobi ostida qanday natijalarga olib kelishi yoritilganday. Urush har kimga ayricha taʼsir qilgan. Kimdir urushdan mayib holda qaytsayu, ayoli boshqasiga tegib ketgan, kimdirning onasi qoraxatdan soʻng esini yoʻqotgan, qaysi bir ayol bolasi ochlikdan oʻlmasin deb oʻzida bor yagona narsa - nomusini sotgan... Lekin, ularni ayblay ham olmaymiz. Chunki ular majbur boʻlishgan, urush shunga majbur qilgan. Uzrli paytlar kelganda qanchadan-qancha taqiqlangan narsalar kechirilishini yaxshi bilsangiz kerak. Qissa huddi shunday voqea atrofiga qurilgan. Muallif bu qissasi bilan axloqiy qadriyatlaringizni soʻroq ostiga oladi, urush yillari va yoʻllariga eltadi. Nazar Eshonqul 100 sahifalik qissasi bilan oʻnlab romanlarga tatiydigan hikoyani yozgan. Kitobga shaxsiy reytinggimdan 9,5/10 ball beraman. #inceleme
·
8 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.