Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Gönderi

So'ngso'zlar — Usmon Azim
Avvaldan she'riyatga ko'p qiziqmasdim, oldimdan chiqib qolmaguncha o'zim qidirib o'qimasdim. O'qiydiganim esa asosan Usmon Azim she'rlari bo'lardi. Bu kitob orqali shoir hayoti bilan birga u ichida bo'lgan adabiy muhit, unda o'z o'rniga ega ijodkorlar hikoyalari, men uchun notanish asarlarni kashf qildim. Natijada o'zbek adabiyotidan o'qishim kerak bo'lgan adib va kitoblar ro'yxati kelib chiqdi Shoir ushbu asarni xotiralar, ichki kechinmalar tarzida, she'riy tilda shunday yozganki, matn matnday emas, she'rday oqadi. Usmon Azim unda nafaqat xotiralari balki bo'lajak iste'dod egalariga ham bir talay maslahatlar berib o'tgan. Shu bilan birga, kitobni o'qish davomida 30 ga yaqin yangi o'zbekcha so'zlarni o'rganib oldim. Kitobda eskitdan iste'molda ishlatilgan, lekin ma'nosiga hech qiziqib ko'rmaganimiz so'z-u iboralarning hikoyasi ham yozilgan. Masalan, onalarimiz aytgan "Alla yo, alla"ning ma'nosi "Alloh yo, Alloh" ekani, erkaklar aytgan alla - "Xu, yo xu" esa "U, faqat U (Parvardigor)" ekanini bilarmidingiz? Yoki avvalari kelinsalomda bosh egibmas, balki tizzani sal bukib, fransuz madamlariday salom berilganinichi? Buning ma'nosi shu bo'lgankim, bosh O'zidan boshqasiga egilmasin. Qanchalik g'alati ko'rinmasin, kitobni o'qib bo'lgach shu xulosaga keldim: bu odamga xudoni nazari tushgan. Boshqacha bo'lishi mumkin emasday tuyildi. Shoirga va o'zbek adabiyotiga hurmatim yanayam oshdi. She'riyatga qiziqishim karrasiga ortdi. Kitobga shaxsiy reytinggimdan 9/10ball beraman. #inceleme
·
9 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.