Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Gönderi

Lolazor — Murod Muhammad Doʻst
Oʻtgan yili Dostoyevskiyning shu jumlasiga duch kelgandim. "Nima qilgan taqdiringda ham, baribir pushaymonlik ichra oʻlasan. Balki qilgan ishlaringdan, balkida qilmaganlaringdan." Roman bosh qahramoni Yaxshiboyev tabiati bilan tanishganim sari, yuqoridagi jumla xayolimda aylanaverdi. Chekkaroq Bulduruq atalmish qishloqda tugʻilgan ikki oʻsmir qishloq ahli oʻrtasida tashlangan qur'a natijasida shaharga oʻqish uchun yuboriladi. Bu ikki oʻsmir; Nazar va Horunga Bulduruqni "Lolazor"ga aylantirish burchi yuklangandi. Asar ikki tomonlama; biri "Bemor" nomi ostida Nazar Yaxshiboyev tilidan, oʻz kechmishi, kechinmalari, buguni, kelajak xavotirlari bayon qilinsa, ikkinchisi "Qissanavis" nomida, Saidqul Mardon tilidan voqealarga ham tashqaridan ham ichkaridan tasvir beriladi. Vaqt oʻtib Yaxshiboyev ham Oshno (Horun) ham davrining eng kattakonlariga aylanishadi. Bir paytlar shaharga oʻqish uchun kelgan ikki oshna, endi shu qadar ishga shoʻngʻib ketishadiki, oqibatda umrning oʻtib ketganini ham payqamay qolishadi. Atroflarida shuncha shogird-u yordamchilari boʻlishiga qaramay, ich-ichida so'niq xo'rsinish, xira tortgan orzular, horgʻin ruh; yolgʻizlik qoladi. Bir zamonlar Oshnoning Bulduruqqa muallim boʻlish istagiyu Yaxshiboyevning rais boʻlish xohishi armon boʻlibgina qoladi. Boʻlmasa, ikkovi ham bu orzulardan yuz karra ulugʻroq martabaga erishgandi. Lekin, nedir huzur-halovat yoʻqdek goʻyo. Shu yerda, Dostoyevskiyning boyagi gapini yana bir yodga olamiz. Menimcha, ikkovlon qishloqlarida qolib, istaklarini roʻyobga chiqarishganida ham, ayni iztirob ularni kutib turardi. "Shaharda qolsam, hayotim yaxshiroq boʻlarmidi..." Va hokazo. #inceleme
·
7 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.