Voris men uchun ajoyib yozuvchi. Hayotiy voqealarni yoritib beradi oʻz asarlarida. Bugungi kunda boʻlayotgan holatlar, munosabatlar va boshqalar... Oʻqiganingiz sari ich-ichiga kirib boraverasiz, chunki ayni paytda sodir boʻlayotgan hodisalar, munosabatlardagi ishonchsizliklar va odamiylik tuygʻulari ochiq yoritib berilgan. Oʻqishni maslahat beraman. Oʻzingiz uchun, oʻzingizni anglashingiz uchun ajoyib maktab boʻladi deb umid qilaman! Bir davrda yashagan ikki doʻstning oilaviy sharoitlari, oilaga boʻlgan munosabatlari-yu, hayotning mohiyatini tushunib yetishlari haqida boʻlgan asar deb bemalol ayta olaman.