Musashi shaxsiyati bilan ilk bor 2023-yil dekabrida, Youtube'da videosini ko'rib, tanishib chiqqandim. U 17-asr oxiri 18-asr boshlaridagi Yaponiyada yashagan, "Qilich ustozi" nomini olgan, tarixdagi eng kuchli samuraylardan biri bo'lgan. Uning hayot falsafasi haqida bu postda (t.me/stoik_kutubxona...) qisqacha yozgandim.
Keyinchalik esa uning o'zi kitob yozgani haqida ham xabar topdim. U 60 yillik umri davomida to'plagan tajribasi va strategiyasini ushbu kichik qo'llanmaga (t.me/burasihepkitap/979) yozib ketgan ekan. Kitob inglizchaga "The book of five rings" deb tarjima qilingan. Men esa turkchadan tarjimasini oldim, "Besh chambar kitobi" (Beş çember kitabı). Kitob mazmunidan kelib chiqqanda ham, shunisi mantiqan to'g'ri.
Kitobni o'zi jang san'ati qo'llanmasi sifatida yozilgan. Musashi dzen buddizm, konfutsizm va o'sha davrdagi mahalliy din unsurlaridan foydalanib, o'zining "Strategik Yo'l" tushunchasini yaratadi. Bu strategiyadan esa biz nafaqat jang maydonida, balki oila, shaxsiy hayot, ish, biznes va hokazo vaziyatlarda qo'llashimiz mumkin bo'ladi. Usta samuray har bir taktika so'nggida takrorlashning muhimligini sizga eslatib turadi.
Ushbu "strategiya" beshta kitobdan (qismdan) iborat bo'lib, ular: tuproq, suv, olov, shamol va bo'shliq deb nomlanadi. Bu buddizmdagi besh muqaddas unsurdan olingan. Har bir unsur davomida Miyamoto o'ziga xos usullar, taktikalarni o'rgatib boradi.
Kitobda jangchi o'zini kurashga ruhan tayyorlashi kerakligi ilgari suriladi. Har qanday jangda g'alaba qilishning yagona yo'li, unga allaqachon o'lgandek kirishishdir, deydi qilich ustasi. Menimcha ham bu to'g'ri yondashuv, modomiki o'lib bo'lgan ekansan, yo'qotadigan hech narsang qolmagach, dushmaningni oldida umuman imkon qoldirmaysan. Shunday ekan, jangchining