Gönderi

sut va bol — rupi kaur
10/10
·208 syf.··
Beğendi
·
2023 10. kitabı
bu bir safar hikoyasi she'rla sogʻ qolish safari yigirma bir yillik qon, ter, koʻz yoshi hovuchlaring ichidagi yuragim sanchish sevish sinish sogʻayish Kanadaning Toronto shahrida yashaydigan yozuvchi va rassom rupi kaur oʻzining she'r va chizmalarida sevgi, yoʻqotish, travma, sogʻayish va ayollik kabi mavzularni qalamga oladi. uning "sut va bol" asari toʻrt boʻlimdan iborat: sanchish, sevish, sinish, sogʻayish. sanchish bu boʻlimda muallif oʻzi misolida butun qiz-ayollarning bolalik travmalari, yaralari, ogʻriqlari haqida, ona-qiz, ota-qiz, yigit-qiz, jamiyat-qiz munosabatlari haqida ochiq, sodda, maʼnoli, qaygʻuli tilda yozgan. misol uchun: tomirlarimda sening qoning oqarkan ayt qanday unutay - ota pokiza gul edi u yulib qo'llariga oldilar saqlash niyati bo'lmaganlar sevish bu boʻlimda muallif hazin satrlarni ortda qoldirib, sevgi-muhabbat toʻlib toshgan misralarni bizga hadya etadi. oʻqiyotib, goʻyo sevganing bilan gaplashayotgandek boʻlasan. baxtga toʻlasan, lablaringga tabassum yuguradi birdan. oʻzingni koʻrasan chunki bu yerda. misol uchun: hech narsa ishonch bermaydi menga baland ovozda kitob oʻqigan ovozing qadar ilk sevgim emasding balki lekin qolgan hamma sevgilarimni hukmsiz qilganding sinish bu boʻlim ayriliq mavzusini oʻrtaga oladi, ayriliqqacha boʻlgan munosabatdagi muammolar va undan keyingi jarayonni nozik tasvirlab beradi. misol uchun: qol deya shivirladim sen eshikni orqangdan yoparkan miyamdagi shivir: ortga qaytmaydi qalbimdagi qichqiriq: qaytishi kerak sogʻayish va kitobning soʻnggi boʻlimi, yuqoridagi uchta qismdan keyin, kutilgan sogʻayish qismi. hammasi yaxshi boʻladi, hammasi oʻtib ketadi, voqelikni boricha qabul qil, nimada xato ketganini oʻyla va qabul qil. hammasi boʻlishi kerak boʻlgan vaqtda sodir boʻladi, siqilma deydi muallif. misol uchun: bir munosabating bo'lsa hammadan avval oʻzing bilan boʻlishi kerak inson boʻlishning bir parchasi ogʻriqni his qilish qoʻrqma och oʻzingni ogʻriqqa yolgʻizlik - insonning meniga o'lgudek muhtojligining ishorasi. va kaur oʻquvchisiga yozgan quyidagi maktubi bilan bitiradi kitobini: yuragimni qo'lingga olib, soʻngiga qadar kelding. tashakkur. shu yergacha sogʻ salomat kelganingf uchun. eng qaygʻuli parchamga bunday shavqat koʻrsatganing uchun. oʻtir. nafas ol. horigandirsan. qoʻy, qo'llaringdan oʻpayin. koʻzlaringdan, hozir shirin bir narsaga hasratdir ular. butun bolimni yoʻllayman senga. sen boʻlmasang men hech kim edim, hech qayergacha kelolmasdim. doim boʻlishni xohlaydigan, lekin boʻlishdan qoʻrqadigan oʻsha ayol boʻlishimga yordam berding sen. qanday moʻjiza ekaningdan xabaring bormi? qanchalar goʻzal edi va goʻzal boʻlajak. oldingda tiz choʻkaman. rahmatlarimni bildiraman. koʻzlaringga sevgilarimni yo'llayman. koʻzlaring doim insonlar ichidagi yaxshilikni koʻrsin. ishing doim yaxshilik boʻlsin. bir birimizni doim shunday koʻraylik. koinot taqdim etgan butun goʻzalliklarga yo'liqmasdan qolmaylik. doim tuproqqa bogʻliq boʻlaylik. oyoqlarimiz yerga sogʻlom bossin. — mendan senga ishq maktubi sevdim bu kitobni, vaqtincha boʻlsa-da qondirdi sevgiga boʻlgan ehtiyojimni, qanchadir miqdorda. rupi kaurning qolgan kitoblarini ham albatta oʻqib chiqaman. kitobni barchaga, ayniqsa qiz-ayollarga tavsiya qilaman.
Aşk ve Şiir
Süt ve BalRupi Kaur · Pegasus Yayınları · 20179,7bin okunma
25 Gösterim
Yorumlar
Lütfen giriş yapınız.