Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Gönderi

Qirolichaning yurishi * Uolter Tevis(uz)
✨Alhamdulillah) Elizabet oynaga qararkan, pushti gullar uning butun diqqatini o'ziga tortdi. Shunda birdan janob Gansning ovozi eshitildi: - Bet, men filni beshinchi qatorga yurdim. U uyqu aralash javob berdi: - Ot K-5 ga Elizabetga buta bahor quyoshida tovlanayotgandek ko'rinardi. - Fil otning to'rtinchi qatoriga, - dedi janob Gans. - Farzin to'rtinchi qatorga, - dedi Elizabet taxtaga ham qaramay. - Ot farzin filning uchinchi qatoriga, - g'oldoradi janob Sheybel - Fil otning beshinchi qatoriga, - hamon gullardan ko'zini uzmasdi Elizabet. - Piyoda otning uchinchi katagiga, - janob Gansning ovozi muloyim eahitildi - Fanzin ruxning to'rtinchi katagiga. Shoh! - dedi Elizabet. Janob Gans chuqur nafas oldi. bir muddatdan so'ng, dedi: - Shoh filning birinchi katagiga -Uchta yurishdan so'ng MOT. Elizabet hali ham o'girilmay turardi. -Avvaliga ot bilan shoh bo'ladi. Shohning ikkita qora katagi bor ularga fil hujum qiladi. Keyin ot mot qo'yadi. (The Queen's Gambit)
·
9 görüntüleme
Yorum yapabilmeniz için giriş yapmanız gerekmektedir.