Ludingirra tarixdagi ilk shoir deya eʼtirof etiladi. Albatta, ungacha odamlar she'r aytmagan, to'qimagan deysizmi? Qilgan, lekin Ludingirra she'rlarini yozgan, tarqatgan, hozirgi zamon tilida aytganda kitobi bestseller boʻlgan. Shumer Ludingirra nafaqat shumerlar orasida, balki boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, maktab darsliklarida oʻqitilgan. Bu 4.000 yilni uyog'idagi voqealar.
Turkiyalik eng kuchli shumerolog, umrini shu ilmga bagʻishlagan inson - Muazzez Ilmiye Çiğ 56 yillik shumerlar haqidagi bilimi bilan ushbu kitobni "yozgan". Yoki yanayam toʻgʻrirogʻi, Ludingirraning hayoti haqida yozgan kitobini shumer, akkad, hitit tillaridan oʻgirgan. Buning uchun u 74.000 dan ortiq mixxatlarni tadqiq qilib, 33 yilik umrini shunga sarflagan.
Shumerlar - ming yillar davomida hukmronligini surgan tarixdagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri qanday qilib yer yuzidan yoʻqolib ketdi? Ularning hayoti qanday edi? Nimalarga ishonishgan? Ko'rinishlari qanday boʻlgan? Oʻzidan keyingi madaniyatlarga qanday hissa qo'shishgan? Mavzuga yangi kirib kelganlarda bu kabi savollar tugʻilishi tabiiy. Ushbu kitob esa birma-bir shumerlar haqidagi deyarli barcha savollaringizga javob beradi.
Kitobdagi baʼzi eʼtiborimni tortgan jihatlari haqida ham aytib oʻtsam. Yozuv endi kashf etilgan davrlar boʻlgani uchun sanʼatning eng qiyin va ulugʻ turi bu yozuv san'ati boʻlgan. Shumerlar davrida tijorat ancha gullab yashnagan. Asosan baliqchilik bilan shug'ullanishgan va taomnomalarida ham baliq keng ishlatilgan. Eng koʻp isteʼmol qilinadigan ichimliklari esa pivo boʻlgan. Shumer davrida ham qullar boʻlgan ekan, lekin tizimning qanday ishlashi, tartibi haqida aytilmagan, qiziqqan lekin javob ololmagan joyim shu boʻldi.
Shuningdek, maʼlumki u davrlarda politeistik ya'ni koʻpxudolik