Bu asar zamonamiz adabiyotidan oʻqigan kam sonli mutolalarimda biri boʻldi. Unda sanʼat yoʻnalishida oʻqiydigan oʻrta yoshdagi ayolning sokin, melanxolik va baʼzan kulgili hollariga guvoh boʻlasiz.
Bolalikdan travmalar bilan oʻsgan va yaqindagina ota-onasidan judo boʻlgan bu ayol, hamma narsasi yetarli boʻlishiga qaramay yuragida huddi qora tuynuk bordek his qiladi. Buning boisi na biznesmen yigiti, na asabni buzadigan dugonasi va na yetimligi edi. Xoʻsh, unda muammoning asosi nimada? Ottessa bu asari bilan ekzistensial inqiroz va yolgʻizlikni taʼsirli, shavqatsiz va kulgili tarzda yetkazib bergan.
Asar uslubi men uchun ancha yangilik boʻldi, boisi unda syujet mavjud emas. Ilgari bunday uslubda kitob oʻqiganimni eslolmayman. Va aytishlaricha, zamonamiz yozuvchilarining barchasi ayni paytda syujetsiz, asosiy planda ma'no mohiyat boʻlgan asarlar ijod qilishmoqda ekan. Oʻzim aʼzo boʻlgan bookclub ishtirokchilari bilan oʻtkazilgan kitob muhokamasi anchagina foydali boʻldi, yuqoridagi asar va umumiy adabiyot toʻgʻrisida yangi tushunchalarni oʻzim uchun kashf etdim.