Onasi it, otasi bo'ri bo'lgan, tashqi ko'rinish bo'ri tusini beruvchi, ichki dunyosi (balki hissiyoti) itlarga xos sadoqatni onasidan olgan "Oq so'yloq" laqabli, hayotida 2 bor «hurigan» itning hayoti haqida. "Bebaho it"... "Bo'ri?!"... "Bebaho bo'ri"....
Qo'rquvlari...
Sadoqati...
Mehrga zorligi...
O'zicha anglagan tushuncha va "qonunlar"
Bu dunyoda insonda kam uchraydigan hislat, o'rgangani va qat'iy belgilangan qoidaga amal qilishi. Adolatni va mehrni qadrlashi.
Bo'ysunmaslik, hattoki egasiga mehrini qanday ifodalashni bilmaslik. Muhimi "U faqat bitta odamni yaxshi ko'rar va undan boshqasiga ko'ngli ilimasdi..."
Bu esa egasi uydan ketganda hech narsa yemay qo'ygan, kasal bo'lib qolish darajasiga borgan sadoqatdir.
Lekin bo'rining bo'ysunganini o'qib achingandek bo'ladi odam, chunki erkligi, chegarasiz hayotidan - zanjirga bog'lanish, qattiqqo'l Kulrang Qunduzdan "mehr kutish" va shu holda ham sadoqatini isbotlashga urinish, Xushro'y Smit qo'lida qimor anjomiga aylanishini o'qish oq so'yloqqa rahmingizni keltiradi. Lekin degan joyi bor. Agar u yovvoyi hayotda qolganida qonxo'r bo'ri bo'lardi... Agar Kulrang Qunduz qo'lga o'rgatib, Smit urishtirmagandi katta hayotiy tajriba ola olmasdi (insonlar orasida). Shuncha og'ir va mashaqqatli davrlardan so'ng (hoynahoy 5 bahor qarshilagandan keyin) barcha qilgan sabrining mukofoti o'laroq Uidon Scott kabi oliyjanob insonni qo'liga o'tadi. Sadoqatni qadrlaydigan inson.
Kitobni o'qib, ishonchsizlik va uning sababini, Hattoki hayvonlarning ba'zilari ham tushuna olishiga amin bo'ldim. 2 marta odamdan yaxshilik ko'rmagan "bechora" albatta ki uchinchisi bilan "muloqotni" hamla bilan boshlaydida, go'sht bersa avval tekshirib keyin yeydida, dastlab qo'lidan emas yerga tashlagandan keyin yeydida(go'shtni). Ha ishonch - shisha