Aisha

Molxona (uz)
Puan vermedi·112 syf.··
Beğendi
·
2022 1. kitabı
·
7 günde okudu
·
Okunma: 16 Ekim 2022 00:00
Jorj Oruell 1942-1944 Jorj Oruell ushbu asarini II-jahon urushi paytida yozgan, asar voqealari ayni o'sha davr jamiyatining timsolidir. Lekin bizning jamiyatdagi hodisalardan yiroq holat deb bo'lmaydi. 'Molxona'dagi ayrim og'riqlar hozirgacha jamiyatni eng ayanchli nuqtasidir. Endi asar voqealariga kelsak. Men bilgan jihatlar, 'Oddiy xalq' fikrsiz, mulohazasiz, eng ko'p uqtirilgan so'zlarga ishonuvcham, o'z qadrini bilmas va anglamaslar. Asarda hayvonlar tasvirlangan bo'lsa-da, ular timsolida insonlar gavdalantirilgan. Har bir hayvonning o'rni, mavqei, darajasi timsolida — jamiyatdagi 'yuqoridagilar', ishchi xalq, xoyin-xiyonatchilar, 'biznesmen' lar, zodagon va 'qora xalq' , ishga g'ayratli va damgasalar yana ko'p davom ettirish mumkin. Bu asar bilan nima demoqchi, yokida men nima tushundim. Har jamiyat va tuzumda har xil mavqe, daraja va insonlar bor, kimdir hokim, kimididir bo'ysinuvchi, agar siz hokim bo'lmasangiz, tobe' bo'lasiz, agar adolatli hokim bo'lmasangiz isyonkor xalq nafrati va quvishiga qolasiz. Shuni ham tushinish kerak-ki zolim hokimdan qutulgan hayvonlarga o'z qavmi, ya'ni hayvonlardan bo'lgan hukumatga rozi bo'ladi, hayvon hokimiyati qanchalik zulmkor bo'lsa ham, tashqi tarafdan va so'zlardan 'muloyim' bo'ldi. Bundan nimani anglaymiz, 'yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqar, yomon so'z bilan pichoq qinidan chiqar' Dunyoda yaxshilikdan yaxshisi yo'q
Animal FarmGeorge Orwell · İnsan Kitap · 2021296,2bin okunma
Reklam
Abdulla Qodiriy Mehrobdan Chayon. (Navro'z-2019 Toshkent)
Puan vermedi·312 syf.··
Beğendi
·
2023 5. kitabı
·
4 günde okudu
·
Okunma: 13 Aralık 2023 00:00
Oldin nega bunday nomlanganini tushunmas edim, kitobni o'qib bilsam bular masjid mehrobidagi ba'zi "mulla" larga nisbatan aytilgan ekan. Kitobni his qilish uchun H.Q ning asar haqidagi maqolasini o'qish kerak ekan. Men dastlab asar keyin maqolani o'qidim. Endi qayta o'qisam bu asarni boshqacha his qilsam kerak. Ham romanni Qo'qonda o'qish umuman boshqacha ekan. Birinchi kelgan fikr, Qo'qondagi bu muhit, madaniyat, muomala, so'zlashish, "atmosfera" aynan asardagi bilan bir xil. O'zgarmagan. Xudoyorxonda "meros" ekan deb qo'ydim. Baribir ham asarni his qilish, qande holag va ziyatlar, Qodiriy nimalar qilgani, Qo'qonga kelganlari, yozganlari, xotiralari bilan birgalikda qayta eslab his qilib ko'rish boshqa kayfiyat berarkan. Kitobni ilk 1929-yilda chiqqan nusxasidan topgim keldi. Asar 1926 - yil yozishni boshlangan va 1928-yil 15-fevralda yakunlangan. Bu orada bir qancha vaqt Qo'qonga kelib maxsus ma'lumotlar to'plangan. «... "Mehrobdan Chayon" ga ma'lumotlar to'plab bo'lganimdan keyin asar shaklini bir yildan ko'p o'ylab yurdim. Ma'lum fikrga kelib olgach, romanni qariyb 1 yilda yozib bitirdim". Agar yozuvchi asarni boshdan-oxir yaxshi o'ylab olsa, yozush oson ko'chadi.» (Abdulla Qodiriy) Eng ta'sirli bob "Nozik" va uning she'ri. Va Roziya oyimning kitobni o'qimay vafot etganlari. O'rda, bog', saroy, yurgan yo'llar, mahallalar, ko'chalar... Qo'qonda yashagan muhitni his qilgan, yo'llardan yurgan odam asarni ancha yaxshiroq tushunarkan...
Mihraptaki AkrepAbdullah Kadiri · Elfene Dünya Yayıncılık · 202018 okunma
"Oq so'yloq" qissasi.
9/10
·80 syf.··
Beğendi
·
2023 7. kitabı
·
3 günde okudu
·
Okunma: 27 Aralık 2023 00:00
Onasi it, otasi bo'ri bo'lgan, tashqi ko'rinish bo'ri tusini beruvchi, ichki dunyosi (balki hissiyoti) itlarga xos sadoqatni onasidan olgan "Oq so'yloq" laqabli, hayotida 2 bor «hurigan» itning hayoti haqida. "Bebaho it"... "Bo'ri?!"... "Bebaho bo'ri".... Qo'rquvlari... Sadoqati... Mehrga zorligi... O'zicha anglagan tushuncha va "qonunlar" Bu dunyoda insonda kam uchraydigan hislat, o'rgangani va qat'iy belgilangan qoidaga amal qilishi. Adolatni va mehrni qadrlashi. Bo'ysunmaslik, hattoki egasiga mehrini qanday ifodalashni bilmaslik. Muhimi "U faqat bitta odamni yaxshi ko'rar va undan boshqasiga ko'ngli ilimasdi..." Bu esa egasi uydan ketganda hech narsa yemay qo'ygan, kasal bo'lib qolish darajasiga borgan sadoqatdir. Lekin bo'rining bo'ysunganini o'qib achingandek bo'ladi odam, chunki erkligi, chegarasiz hayotidan - zanjirga bog'lanish, qattiqqo'l Kulrang Qunduzdan "mehr kutish" va shu holda ham sadoqatini isbotlashga urinish, Xushro'y Smit qo'lida qimor anjomiga aylanishini o'qish oq so'yloqqa rahmingizni keltiradi. Lekin degan joyi bor. Agar u yovvoyi hayotda qolganida qonxo'r bo'ri bo'lardi... Agar Kulrang Qunduz qo'lga o'rgatib, Smit urishtirmagandi katta hayotiy tajriba ola olmasdi (insonlar orasida). Shuncha og'ir va mashaqqatli davrlardan so'ng (hoynahoy 5 bahor qarshilagandan keyin) barcha qilgan sabrining mukofoti o'laroq Uidon Scott kabi oliyjanob insonni qo'liga o'tadi. Sadoqatni qadrlaydigan inson. Kitobni o'qib, ishonchsizlik va uning sababini, Hattoki hayvonlarning ba'zilari ham tushuna olishiga amin bo'ldim. 2 marta odamdan yaxshilik ko'rmagan "bechora" albatta ki uchinchisi bilan "muloqotni" hamla bilan boshlaydida, go'sht bersa avval tekshirib keyin yeydida, dastlab qo'lidan emas yerga tashlagandan keyin yeydida(go'shtni). Ha ishonch - shisha
White FangJack London · MK Publications · 095,5bin okunma