Oldin nega bunday nomlanganini tushunmas edim, kitobni o'qib bilsam bular masjid mehrobidagi ba'zi "mulla" larga nisbatan aytilgan ekan.
Kitobni his qilish uchun H.Q ning asar haqidagi maqolasini o'qish kerak ekan. Men dastlab asar keyin maqolani o'qidim. Endi qayta o'qisam bu asarni boshqacha his qilsam kerak. Ham romanni Qo'qonda o'qish umuman boshqacha ekan. Birinchi kelgan fikr, Qo'qondagi bu muhit, madaniyat, muomala, so'zlashish, "atmosfera" aynan asardagi bilan bir xil. O'zgarmagan. Xudoyorxonda "meros" ekan deb qo'ydim. Baribir ham asarni his qilish, qande holag va ziyatlar, Qodiriy nimalar qilgani, Qo'qonga kelganlari, yozganlari, xotiralari bilan birgalikda qayta eslab his qilib ko'rish boshqa kayfiyat berarkan. Kitobni ilk 1929-yilda chiqqan nusxasidan topgim keldi.
Asar 1926 - yil yozishni boshlangan va 1928-yil 15-fevralda yakunlangan. Bu orada bir qancha vaqt Qo'qonga kelib maxsus ma'lumotlar to'plangan.
«... "Mehrobdan Chayon" ga ma'lumotlar to'plab bo'lganimdan keyin asar shaklini bir yildan ko'p o'ylab yurdim. Ma'lum fikrga kelib olgach, romanni qariyb 1 yilda yozib bitirdim". Agar yozuvchi asarni boshdan-oxir yaxshi o'ylab olsa, yozush oson ko'chadi.» (Abdulla Qodiriy)
Eng ta'sirli bob "Nozik" va uning she'ri. Va Roziya oyimning kitobni o'qimay vafot etganlari.
O'rda, bog', saroy, yurgan yo'llar, mahallalar, ko'chalar...
Qo'qonda yashagan muhitni his qilgan, yo'llardan yurgan odam asarni ancha yaxshiroq tushunarkan...