Odamdan avval — Jek London
8/10
·
Beğendi
Yashashni qanchalik sevishimizni London asarlarida judayam chiroyli tasvirlab bergan. Shavqatsiz hayotga tutingan, barcha mushkul zamonlarni matonat bilan yengib oʻtuvchi qahramonlari meni doim ruhlantirgan. "Odamdan avval" — Jek Londonning biz uchun ozroq notanish boʻlgan janr - "prehistoric literature" (tarixdan avvalgi adabiyot) janrida yozgan ilmiy-fantastik asari. Qahramonimiz shaxsiyat buzilishi (boʻlinishi) dan aziyat chekadi. Uning bir shaxsiyati bizning davrda, boshqasi esa Pleyistosen davri (Muzlik davri) da yashaydi. Qiziqmi? U xushida bizning zamonda yashaydi, lekin uyquga ketganda ibtidoiy odamni hayotiga qaytadi. Kitobning kirish qismida qahramon qanday qilib bunday holat boʻlishini uzoq tushuntiradi. Uning fikricha, tarixiy ajdodlarimizning xotiralari genimizda to bizgacha yetib kelishi va ularni tushimizda koʻrishimiz mumkin ekan. Buning ilmiy haqiqatga aloqasi boʻlmasada, hikoya ancha yaxshi tuzilgan. Jek London bu kitobida bir davrda yashayotgan uch xil odam turi haqida yozadi: "Daraxt odamlari" — hanuz daraxtda yashaydigan, tukdor va ong jihatdan boshqa hayvonlardan uncha farq qilmaydigan odamsimonlar. Ya'ni ardipiteklar. "Xalq" — gʻorlarda yashashni boshlagan, lekin daraxtlarda ham bemalol harakatlana oladigan, sodda tovushlar bilan muloqot qila oladigan, ongi sal-pal "g‘imirlay" boshlagan odamsimonlar. Ya'ni avstralapiteklar. "Olov odamlari" — koʻchmanchi yashaydigan, ongi ancha rivojlangan, o‘q-yoy va olovdan foydalana oladigan, bir-biri bilan sodda tilda gaplashadigan, oʻzidan boshqa turlarni qirib yuboradigan darajada aqlga ega odamsimonlar. Ya'ni biz, Homo sapienslar. Hararining mashhur "Sapiens" kitobini oʻqiganlar biladiki, insoniyat tarixida chindan odamning bir nechta turi bir davrda yashagan. Lekin Jek London bu asarni yozgan payti
Âdem'den ÖnceJack London · Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları · 202526,1bin okunma
Molxona (uz)
Puan vermedi·112 syf.··
Beğendi
·
2022 1. kitabı
·
7 günde okudu
·
Okunma: 16 Ekim 2022 00:00
Jorj Oruell 1942-1944 Jorj Oruell ushbu asarini II-jahon urushi paytida yozgan, asar voqealari ayni o'sha davr jamiyatining timsolidir. Lekin bizning jamiyatdagi hodisalardan yiroq holat deb bo'lmaydi. 'Molxona'dagi ayrim og'riqlar hozirgacha jamiyatni eng ayanchli nuqtasidir. Endi asar voqealariga kelsak. Men bilgan jihatlar, 'Oddiy xalq' fikrsiz, mulohazasiz, eng ko'p uqtirilgan so'zlarga ishonuvcham, o'z qadrini bilmas va anglamaslar. Asarda hayvonlar tasvirlangan bo'lsa-da, ular timsolida insonlar gavdalantirilgan. Har bir hayvonning o'rni, mavqei, darajasi timsolida — jamiyatdagi 'yuqoridagilar', ishchi xalq, xoyin-xiyonatchilar, 'biznesmen' lar, zodagon va 'qora xalq' , ishga g'ayratli va damgasalar yana ko'p davom ettirish mumkin. Bu asar bilan nima demoqchi, yokida men nima tushundim. Har jamiyat va tuzumda har xil mavqe, daraja va insonlar bor, kimdir hokim, kimididir bo'ysinuvchi, agar siz hokim bo'lmasangiz, tobe' bo'lasiz, agar adolatli hokim bo'lmasangiz isyonkor xalq nafrati va quvishiga qolasiz. Shuni ham tushinish kerak-ki zolim hokimdan qutulgan hayvonlarga o'z qavmi, ya'ni hayvonlardan bo'lgan hukumatga rozi bo'ladi, hayvon hokimiyati qanchalik zulmkor bo'lsa ham, tashqi tarafdan va so'zlardan 'muloyim' bo'ldi. Bundan nimani anglaymiz, 'yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqar, yomon so'z bilan pichoq qinidan chiqar' Dunyoda yaxshilikdan yaxshisi yo'q
Animal FarmGeorge Orwell · İnsan Kitap · 2021296,8bin okunma