Rozidil tugʻilgan oʻshal on koʻzlaringga termilib,
Lola yangligʻ laʼl olib yongan yuzim yodingda tut.
Ne jafo hajringda chekdi bir gʻarib qovdek kuyib,
Oʻzgamas kuygan, qoʻzim, kuygan oʻzim, yodingda tut.
E Gʻulom, bilsam agarki sidq-u ishqing zarrasin,
Oʻlganimda ketmagay ochiq koʻzim, yodingda tut...
Yodimdasan, Hayotim, yodimda! Hamisha, har dam, har lahza…
Tanda jonim bor ekan, yodimdasan, yonimdasan,
Yod nechuk, ey dilbarim, jonimdasan, qonimdasan.
Dermu hech bu xasta dil maʼbudasidin oʻzgasin,
Ey Hayotim, to abad har lahza, har onimdasan.