Günaydın Agnostik Bosh'tan Bir Söz:)
“İnsanlara yatırım yapmaktansa, kitaplara yatırım yapmayı tercih ederim. open.spotify.com/track/5wqlRFdpJ...
Alıntı
Kuzey ülkelerinin soğuk havası, kadının yüzünde yaşıyordu sanki; uzun siyah saçlarının dalgalarının karşısında bile aynı ciddi gözlerle bakıyordu etrafa. . akşamları Bosh marka çift kapılı buzdolabından ayrılmıyor, zulasından beyaz şarabı eksik etmiyordu. Kocası, mahallenin papazı, kızı bir kafede garson olan bu sert kadın hukukla ilginiyordu, akademisyendi. küçük kasaba insanı, soğuk ve sıcak ilişkiler, sade ve alımlı möbleler.. onların hayatı da akıyordu Uruguay'da Pedroların hayatı da ... hızlı ve soğuk ile yavaş ve sıcağın birbirinden bi haber, kilometrelerce süren ayrılık sonrasında bütünleşikliği... lombelico del mondo, bir şarkı olmalı bu : "dünyanın göbek deliği" insan yüzlerinden çıkartmaya çalışıyorum kökenlerini, belki onlar da bana bunu yapıyor; kadınlar en çok, rengarenk makyajı kadınlar beni bir yere koyamıyorlar kafalarında, uzun uzun bakıyorlar.. hava, geceleri soğuyor, pencerede pıt pıt pıt yağmur sesleri, uykudan uyandıran.. uykudan uyandıran, işte tam da böylece bastıran yazma isteği, kurumuş lenslerimin azizliğine uğrayarak burada son buluyor.
Reklam
Türkçeden İngilizceye geçmiş başka bir sözcüğümüz, boş. "talk bosh" (boş konuşmak) şeklinde kullanılıyor. Bu sözcüğü kitabında kullanarak İngilizceye kazandıran kişi, İzmir doğumlu, Britanyalı diplomat ve yazar James Justinian Morier.
Lolazor — Murod Muhammad Doʻst
Oʻtgan yili Dostoyevskiyning shu jumlasiga duch kelgandim. "Nima qilgan taqdiringda ham, baribir pushaymonlik ichra oʻlasan. Balki qilgan ishlaringdan, balkida qilmaganlaringdan." Roman bosh qahramoni Yaxshiboyev tabiati bilan tanishganim sari, yuqoridagi jumla xayolimda aylanaverdi. Chekkaroq Bulduruq atalmish qishloqda tugʻilgan ikki oʻsmir qishloq ahli oʻrtasida tashlangan qur'a natijasida shaharga oʻqish uchun yuboriladi. Bu ikki oʻsmir; Nazar va Horunga Bulduruqni "Lolazor"ga aylantirish burchi yuklangandi. Asar ikki tomonlama; biri "Bemor" nomi ostida Nazar Yaxshiboyev tilidan, oʻz kechmishi, kechinmalari, buguni, kelajak xavotirlari bayon qilinsa, ikkinchisi "Qissanavis" nomida, Saidqul Mardon tilidan voqealarga ham tashqaridan ham ichkaridan tasvir beriladi. Vaqt oʻtib Yaxshiboyev ham Oshno (Horun) ham davrining eng kattakonlariga aylanishadi. Bir paytlar shaharga oʻqish uchun kelgan ikki oshna, endi shu qadar ishga shoʻngʻib ketishadiki, oqibatda umrning oʻtib ketganini ham payqamay qolishadi. Atroflarida shuncha shogird-u yordamchilari boʻlishiga qaramay, ich-ichida so'niq xo'rsinish, xira tortgan orzular, horgʻin ruh; yolgʻizlik qoladi. Bir zamonlar Oshnoning Bulduruqqa muallim boʻlish istagiyu Yaxshiboyevning rais boʻlish xohishi armon boʻlibgina qoladi. Boʻlmasa, ikkovi ham bu orzulardan yuz karra ulugʻroq martabaga erishgandi. Lekin, nedir huzur-halovat yoʻqdek goʻyo. Shu yerda, Dostoyevskiyning boyagi gapini yana bir yodga olamiz. Menimcha, ikkovlon qishloqlarida qolib, istaklarini roʻyobga chiqarishganida ham, ayni iztirob ularni kutib turardi. "Shaharda qolsam, hayotim yaxshiroq boʻlarmidi..." Va hokazo. #inceleme
Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi — Nazar Eshonqul
Kitobni u haqida hech qanday maʼlumotga ega boʻlmasdan turib oʻqiy boshlagandim. Natijada oʻzim uchun yangi ijodkorni kashf qildim. Nazar Eshonqul - inson ruhiyatining teranliklariga kirib boruvchi, jamiyat va inson oʻrtasidagi bogʻlarni dahshatli darajada ochib beruvchi adib. Goʻr oʻgʻli asaridan keyin shunday taassurot qoldirdi. Asarni choʻlda suvsiz qolib ketgan odam axiyri suvga yetishgandek, simirib oʻqidim. Asar absurd darajada axmoqona siyosat va uning qurboniga aylangan sogʻlom fikrli qahramon atrofiga qurilgan. Bu tomondan kitobda Oruell dunyosining unsurlarini sezish mumkin. Kitobda qurilgan dunyoda sud - teatrdir, tiriklik - oʻlimdir, qonun esa jinoyat. Asar bosh qahramon N. ning anglashilmovchilik sabab oʻliklar roʻyxatiga tushib qolgani bilan boshlanadi. Shu voqeadan keyin N. ning hayoti butkul oʻzgarib ketadi. Endi u qancha urinmasin, yugurmasin, talab qilmasin, ishi o'nglanish oʻrniga battarlashib boradi. Chunki N. hujjatda oʻlgan edi. Hujjat gapiradi, hujjat! Sen kim boʻpsan, tirikman degan gaping bilan tirikligingni isbotlay olaman deb o'yladingmi? Bechora N. qaysi tashkilotga bormasin, yana bir boshqasiga jo'natilar, shu tsikl tinimsiz qaytarilardi. Asardagi eng kattakon obraz - Tergovchi (1984'dagi katta ogʻa singari) gina N. ning ishini hal qila olar, faqatgina uning qoʻlidan bu kelardi. Lekin kimsan Tergovchi qayoqdagi N. ga vaqtini sarflaydi deb oʻylaysizmi? Asar goʻyo biz yashab turgan dunyomizni butkul teskarisidek taassurot qoldirishi mumkin. Absurd voqealar va undanda absurdroq tushlar qismi bilan asar sizni shu xulosaga yetaklaydi. Lekin sal chuqurroq oʻylab qaralsa, asar unchalik ham antiutopik emasligi, oʻzimiz ichida yashab turgan jamiyatga bir qator "otsilkalar" berilganini koʻrib, yozuvchi mahoratiga tan bermay ilojsiz qolasiz. Bu asar
So'ngso'zlar — Usmon Azim
Avvaldan she'riyatga ko'p qiziqmasdim, oldimdan chiqib qolmaguncha o'zim qidirib o'qimasdim. O'qiydiganim esa asosan Usmon Azim she'rlari bo'lardi. Bu kitob orqali shoir hayoti bilan birga u ichida bo'lgan adabiy muhit, unda o'z o'rniga ega ijodkorlar hikoyalari, men uchun notanish asarlarni kashf qildim. Natijada o'zbek adabiyotidan o'qishim kerak bo'lgan adib va kitoblar ro'yxati kelib chiqdi Shoir ushbu asarni xotiralar, ichki kechinmalar tarzida, she'riy tilda shunday yozganki, matn matnday emas, she'rday oqadi. Usmon Azim unda nafaqat xotiralari balki bo'lajak iste'dod egalariga ham bir talay maslahatlar berib o'tgan. Shu bilan birga, kitobni o'qish davomida 30 ga yaqin yangi o'zbekcha so'zlarni o'rganib oldim. Kitobda eskitdan iste'molda ishlatilgan, lekin ma'nosiga hech qiziqib ko'rmaganimiz so'z-u iboralarning hikoyasi ham yozilgan. Masalan, onalarimiz aytgan "Alla yo, alla"ning ma'nosi "Alloh yo, Alloh" ekani, erkaklar aytgan alla - "Xu, yo xu" esa "U, faqat U (Parvardigor)" ekanini bilarmidingiz? Yoki avvalari kelinsalomda bosh egibmas, balki tizzani sal bukib, fransuz madamlariday salom berilganinichi? Buning ma'nosi shu bo'lgankim, bosh O'zidan boshqasiga egilmasin. Qanchalik g'alati ko'rinmasin, kitobni o'qib bo'lgach shu xulosaga keldim: bu odamga xudoni nazari tushgan. Boshqacha bo'lishi mumkin emasday tuyildi. Shoirga va o'zbek adabiyotiga hurmatim yanayam oshdi. She'riyatga qiziqishim karrasiga ortdi. Kitobga shaxsiy reytinggimdan 9/10ball beraman. #inceleme
Reklam
Reklam