Vejetaryen - Hang Kang
Puan vermedi·160 syf.··
Beğendi
·
2024 1. kitabı
·
11 günde okudu
·
Okunma: 05 Ocak 2024 17:31
Koreys adabiyotiga mansub ushbu psixologik-to'qima roman uch qismdan iborat bo'lib, uch yon obraz orqali bosh qahramon haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon qo'y og'zidan cho'p olmaydigan, "oila ayoli" bo'lmish Yonghe bir kuni yomon tush ko'radi va o'shandan boshlab vegetarianga aylanadi. Uydagi barcha go'shtlar, tuxumlar, hayvondan olinadigan nimaiki yemish bo'lsa hammasi uloqtiriladi. Unga qo'shilib oilaning tinchligi ham... Ilk boshda Yonghening g'alati xulq-atvori uning eri tomonidan tasvirlanadi. Yaxshi "variant" bo'lgani uchungina bu ayolga uylangan er, xotinining bu o'zgarishidan jig'ibiyron bo'ladi. Sababi, shundoq ham kamgap bo'lgan ayoli endi deyarli umuman gapirmas, kechalari bilan uxlamas, uning dastidan uyda go'sht yeb bo'lmasdi. Bu bo'limda Yonghening vegetarianlikka qadam qo'yishi, uning sabablari va yuzaga kelgan o'zgarishlariga guvoh bo'lamiz. Kitobning ikkinchi qismi Yonghening kuyovi (opasining eri) tomonidan hikoya qilinadi. U qaynisinglisini ko'rgan paytdayoq yoqtirib qolgan, o'sha lahzadayoq ayol tanlashda adashganini tushunib yetgan va o'shandan boshlab qaynisingligiga qarshi bostirib bo'lmas xirs tuyardi. San'atda omadi kelmagan kuyov bola qaynisinglisini orqasida joylashgan yashil Mo'g'ul dog'ini o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi va uni o'zining san'ati bo'lmish video yozuvlariga tushirmoqchi bo'ladi. Va kitobning so'nggi qismida Yonghening opasi Inghe asosiy qismga chiqadi va hayotida davomida uchrayotgan qiyinchiliklari, singlisini hayotga qaytarish uchun qilayotgan harakatlari, erining singlisi bilan don olishganining og'riqli izlari, o'g'li va ayniqsa singlisiga tuyadigan cheksiz mas'uliyat hissi hikoya qilinadi. Kitobda bir qancha masalalar ochilgan bo'lib, ularni tahlil qilish juda muhim. Masalan, Yonghening eri tomonidan past nazar bilan
VejetaryenHan Kang · April Yayıncılık · 20259,7bin okunma
Puan vermedi·504 syf.··
2023 17. kitabı
Kara Yankı yazarın ilk romanı dolayısıyla Harry Bosch serisinin de ilk romanı. Evet bu kitap da seriymiş. Hem de 11 kitaplik bir seri Harry Bosch , kuralları pek takmayan, yalnız, başına buyruk, merhametli, zeki ve ünlü bir polis. Yaptığı bir hata ile gözden düşüyor ve farklı bir şubeye -sürülüyor- gönderiliyor. Tabi ki burada da ilgilenecek bir dava buluyor. Bir tünelde aşırı doz kurbanı gibi görülen bir ceset bulunur. Harry Bosch cesedi gördüğünde, Vietnam’da birlikte savaştığı arkadaşı Billy olduğunu fark eder ve olayı incelemeye başlar. Olay gerçekten aşırı doz mu yoksa cinayet mi? Harry Bosh kendini okuttuyor ama biraz ağır okutturuyor. Bilemiyorum yazılan dönemden mi ( kitap 1992 yılında yazılmış) bir türlü kitabın içine giremedim. Polisiye romanlarda olan aksiyon, heyecan eksik gibiydi. Son 150 sayfada bir aksiyon oldu ve zaten tahmin ettiğim gibi bitti. 11 kitaplık bir seri ve devam eden kitapları okuyanlar Harry Bosch'un büyük hayranı. Sanırım biraz da bu yüzden bitirdim kitabı. Devam eder miyim? Zannetmem ama devam etmek istesem bile kitapların çoğunun baskısı bitmiş.
Kara YankıMichael Connelly · Nemesis Kitap · 2017183 okunma
Ne Kadar Kitap Kurdusun?
0-30p: Kontrollü okuyucu 📖 40-70p: Hafif bağımlı 👀 80p+: Geçmiş olsun, kitaplar seni ele geçirmiş 😅
Tutunamayanlar — Oğuz Atay
10/10
·724 syf.··
Beğendi
·
2023 13. kitabı
·
33 günde okudu
·
Okunma: 23 Aralık 2023 06:06
Bir yildan beri havas qilib, faqat iqtiboslardangina tanish bo'lgan asarim - Tutunamayanlar'ni axiyri o'qib bitirdim. Axiyri deyishimni sababi, o'qilishi o'tgan oyda boshlanib, 200-sahifalarda to'xtatib qo'ygandim. Sababi murakkab tilda yozilgani va meni tushunmay qolayotganim edi. Lekin, ikki haftalar oldin qayta boshladim va kecha bitirdim.  Asar Turkiyada eng ko'p o'qiladigan kitoblar ro'yxatida 3-, eng ko'p chala qoldiriladigan kitoblar ro'yxatida esa 1-o'rinda turarmish, buning sababi meniki bilan ayni - kitobni birinchi yarmi qo'shiqlar va ularning tahlillari bilan, qahramonlarning ichki va tashqi ovozlari qorishib, ba'zan esa bularning hammasi boshqa bir qahramonniki bilan aralashib, kim asli kimligi, kim qaysi gapni aytayotganini tushunishda chigalliklarni keltirib chiqaradi. Kitobni yarmidagi bir bobda esa hech qanday nuqta, vergul ishlatilmay, birgina jumla shaklida 70 betlar davom etgan. Shu sabab, judayam ko'pchilik kitobni chala qoldirgan. Lekin, ishoning yaxshiyam davom ettiribman.  Asar nomi bilan bog'liq berilgan eng ko'p savol - "Tutunamayanlar" nima degani? bo'ldi. O'zbek tilida bu so'zni "Tutina olmaganlar" deb nomlasak bo'ladi. Dilgir, ruhan yolgʻiz, hayotda nimagadir tutina olmagan va shu koʻyi o'tib ketgan odamlarga adib "Tutunamayanlar" deb nom bergan. "Kimdir kitoblarga, kimdirlar ichkilikka, kimdir esa filmlarga tutinadi. Menimcha, ortiq inson insonga tutina olmaydi" deydi Atay o'z asarida. Va kitobda ta'riflanganidek, tutina olmaganlar haqida so'z boradi. Asar bosh qahramoni Selim Ishik ko'p aqlli, ta'sirchan va tutina olmaganlarning "eng kattasi". Uning yagona istagi kimgadir tutinish edi. Lekin, hayot adolatsiz, odamga esa mehr yetishmaydi. Selimning hayoti go'yo darz ketgan stakandagi suv kabi edi. Umidsizlik, kutuv va
TutunamayanlarOğuz Atay · İletişim Yayınları · 202474,8bin okunma
Pashshalar hukmdori — Uilliam Golding
9/10
·261 syf.··
Beğendi
·
2023 12. kitabı
·
25 günde okudu
·
Okunma: 10 Aralık 2023 20:25
Asar bir qarashda bolalarning kimsasiz orolga tushib qolishi va u yerda koʻrgan-kechirganlari hisobiga bolalar adabiyotidan deb oʻylashingiz mumkin, ehtimol. Lekin bu toʻgʻri emas, negaligini tushuntiraman. Voqealar urushdan himoyalash uchun bolalarni olib ketayotgan samolyotning odam oyogʻi yetmagan orolga qulashi bilan boshlanadi. Olti yoshdan oʻn ikki yoshgacha boʻlgan bolalar avval boshda qutqarilgungacha mazza qilib kattalarsiz erkin hayot sururini totmoqchi boʻlishadi. Qanday ajoyib, shunday emasmi? Tergab koyiydigan insoning boʻlmasa, istagancha yursang, qirgʻoqda choʻmilib, tropik mevalardan yeb, oʻrmonni sayr qilib yursang, bundan ortiq jannat bormi? Lekin, hammasi tasavvur qilganimizchalik sodda va bir tekisda ketmaydi. Asar bosh qahramoni Ralf eng boshda orolda tirik qolganlar bor-yo'qligini bilish uchun oʻzi topib olgan chig'anog'idan baland ovoz chiqaradi. Atrofiga yigʻilgan bolalar bilan majlis qilib, ovoz berish yoʻli orqali oralarida lider etib saylanadi. Ralf bilan birinchi boʻlib tanishgan bola Cho'chqacha (asl ismi nomaʼlum) mobodo kema oʻtib qolsa bizni bilsin deb olov yoqishni tavsiya qiladi, cherkov hor guruhi sardori boʻlgan Jek esa oʻzi va guruhining qorni ochligi, shu sababli ovga chiqishlari kerakligini ilgari suradi. Va bir navi Ralfning liderligini qabul qilmaydi. Ichidagi Ralfga nafrat asar ohirigacha kuchaysa kuchayadi, zaiflamaydi. Shunday qilib bolalardan iborat bir guruh tuziladi, asosiy vazifa olovni soʻndirib qoʻymaslik, chunki undan doimiy chiqib turgan tutun qachondir o'tkinchi kemadagilarga koʻrinadi va bolalar qutqariladi. Guruh ichida oʻzaro qoidalar tuzib chiqiladi. Gapirish uchun chigʻanoqni qoʻlga olish kabi, masalan. Kimdir olovga oʻt qalagan, izlagan, kimdir ovga chiqqan, kimdir boshpana qurgan. Lekin, olti
Sineklerin TanrısıWilliam Golding · Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları · 202597,3bin okunma
Puan vermedi·368 syf.··
2023 217. kitabı
·
5 günde okudu
·
Okunma: 09 Aralık 2023 23:45
Bir dizi romana yeni karakter yaratmak zor olmalı ki Michael Connelly, Kan Bağı' ndan tanıdığımız Terry McCalep ile Harry Bosh' u karşı karşıya getirir. Kitap belki de Terry McCalep serisine dahil edilmeliydi. Hikaye onun üzerinden yürüyor. Harry 'nin elinden kaçırdığı cinayet zanlısı öldürülür. Terry ipuçlarını takip ettiğinde karşısına katil adayı olarak geceden de karanlık Harry Bosh çıkar. Yazarın iki karakterini de seviyorum. İlginç bir karşılaşmaydı.
HileMichael Connelly · Altın Kitaplar · 200288 okunma
Uch og'ayni — Erix Mariya Remark
8/10
·441 syf.··
Beğendi
·
2023 7. kitabı
·
24 günde okudu
·
Okunma: 17 Kasım 2023 07:34
Asar nomidan, bir qarashda uch o'rtoqning qandaydir sarguzashtlari haqidadek tasavvur beradigan ushbu kitob, aslida o'ylaganingizdan kengroq mavzu - muhabbat haqida. Va men qo'rqmasdan, sevgi mavzusida o'qigan eng tabiiy, sof, samimiy asarim shu bo'ldi, deya olaman. Asarda ikki sodda qalbning topishishi, birlashishi va yuksalishi judayam chiroyli tarzda tasvirlangan. Undan tashqari, do'stlik, siyosat, yo'qchilik, urush kabi bir qator mavzular ham qalamga olingan. Remark asarlarida doim uchratadigan manzaramiz - urushdan keyingi hayot, odamlarning yo'qsil turmushi, qabriston, mehribon foxishalar va bitmas-tuganmas ichkilik) Asar bosh qahramonlari Robbi va Patning bir-biriga bo'lgan munosabati, bularni mosligini ko'rib, havasim keldi. 500 sahifa davomida biron marta hijillashib qolishmadi, doim bir-birini ma'qullab-qo'lladi. Har narsani bizdek murakkablashtirish o'rniga oddiy qaradi va sevgidan ham ortiqroq tuyg'ularni yashashdi. Buni nima deb nomlashni bilmayman, lekin ularni orasidagi munosabatni sevgi deyish, ularni kamsitishdek eshitilyapti menga. Bu muhabbatdan boshqacharoq narsa. Faqat shuning uchungina yashasang arziydigan narsa. Kitob yozilishi jihatidan yengil o'qiladigan va sizni hissiyotlar domiga tortadigan, kezi kelganda quvontirib, kuldirib, kezi kelganda ko'zingizdan yosh oqizoladigan xilidan. Nafaqat Remark ijodidagi eng sevimli kitobim, balki umumiy, eng eng sevimli kitobim bo'lmish Martin Iden bilan teng pog'onaga chiqdi bu asar. Uch kundan keyin bu asar muhokamasi bor, shu sababdan qisqa vaqtda tugatdim, lekin keyinroq albatta qayta o'qiyman. Quyida kitobdagi menga eng ko'p yoqqan jumlalarni yig'dim: Hech narsani yuragingga yaqin olma, - derdi Kester. - Yaqin olsang, o'sha narsani asrab olmoqchi bo'lasan. Bu dunyoda hech narsani mangu asrab
Üç ArkadaşErich Maria Remarque · Altın Kitaplar Yayınevi · 1961311 okunma