Bir yildan beri havas qilib, faqat iqtiboslardangina tanish bo'lgan asarim - Tutunamayanlar'ni axiyri o'qib bitirdim. Axiyri deyishimni sababi, o'qilishi o'tgan oyda boshlanib, 200-sahifalarda to'xtatib qo'ygandim. Sababi murakkab tilda yozilgani va meni tushunmay qolayotganim edi. Lekin, ikki haftalar oldin qayta boshladim va kecha bitirdim.
Asar Turkiyada eng ko'p o'qiladigan kitoblar ro'yxatida 3-, eng ko'p chala qoldiriladigan kitoblar ro'yxatida esa 1-o'rinda turarmish, buning sababi meniki bilan ayni - kitobni birinchi yarmi qo'shiqlar va ularning tahlillari bilan, qahramonlarning ichki va tashqi ovozlari qorishib, ba'zan esa bularning hammasi boshqa bir qahramonniki bilan aralashib, kim asli kimligi, kim qaysi gapni aytayotganini tushunishda chigalliklarni keltirib chiqaradi. Kitobni yarmidagi bir bobda esa hech qanday nuqta, vergul ishlatilmay, birgina jumla shaklida 70 betlar davom etgan. Shu sabab, judayam ko'pchilik kitobni chala qoldirgan. Lekin, ishoning yaxshiyam davom ettiribman.
Asar nomi bilan bog'liq berilgan eng ko'p savol - "Tutunamayanlar" nima degani? bo'ldi. O'zbek tilida bu so'zni "Tutina olmaganlar" deb nomlasak bo'ladi. Dilgir, ruhan yolgʻiz, hayotda nimagadir tutina olmagan va shu koʻyi o'tib ketgan odamlarga adib "Tutunamayanlar" deb nom bergan. "Kimdir kitoblarga, kimdirlar ichkilikka, kimdir esa filmlarga tutinadi. Menimcha, ortiq inson insonga tutina olmaydi" deydi Atay o'z asarida. Va kitobda ta'riflanganidek, tutina olmaganlar haqida so'z boradi.
Asar bosh qahramoni Selim Ishik ko'p aqlli, ta'sirchan va tutina olmaganlarning "eng kattasi". Uning yagona istagi kimgadir tutinish edi. Lekin, hayot adolatsiz, odamga esa mehr yetishmaydi. Selimning hayoti go'yo darz ketgan stakandagi suv kabi edi. Umidsizlik, kutuv va