Akış
Ara
Ne Okusam?
Giriş Yap
Kaydol

Samandar

Samandar
@Yelvizak
Sıkı Okur
Klasik edebiyatı, felsefeyi ve tarihi seviyorum. Ve ben de onların buluştuğu noktadayım.
184 syf.
10/10 puan verdi
·
Beğendi
·
19 günde okudu
İt kuyruğu — Aziz Nesin
Aziz Nesin öykülerinde 55'ler Anadolu insanının portresine şahit oluyoruz. Bu kitapta yazarın 27 öyküsü yer almış. Hepside insanların ortasındaki problemler derin mizah aracılığıyla kaleme alınmış. Okuyarak kahkahalar atar ama bununla birlikte gözyaşı da dökebilirsiniz. Çünkü kitapta ne Anadolu ne Türkiye, belki yakın doğudaki bütün insan ve toplumların yüzüne ayna tutmuş yazar. Hatırlamaya, dile getirmeye korktuğumuz, utandığımız gerçekleri mizahi anlatımıyla destan etmiş. Gerçeğin acı olduğundan olsa gerek, yazar ömrünün çoğunluğu hapishanelerde geçmiş. Aziz Nesin benim için buyuk yazarlık okulu ve ilham kaynağı oldu. Onun etkisi altında mizah türünde küçük öyküler yazmaya başladım. Trajikomedya türüne ilginiz varsa veya arkadaş ortamında iyiden iyiye mizahlar yapmayı öğrenmek istiyorsanız kitabı okumanızı öneririm.
İt Kuyruğu
İt KuyruğuAziz Nesin · Nesin Yayınevi · 2015351 okunma
Reklam
8/10 puan verdi
·
Beğendi
Odamdan avval — Jek London
Yashashni qanchalik sevishimizni London asarlarida judayam chiroyli tasvirlab bergan. Shavqatsiz hayotga tutingan, barcha mushkul zamonlarni matonat bilan yengib oʻtuvchi qahramonlari meni doim ruhlantirgan. "Odamdan avval" — Jek Londonning biz uchun ozroq notanish boʻlgan janr - "prehistoric literature" (tarixdan avvalgi
Adem'den Önce
Adem'den ÖnceJack London · Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları · 201918,7bin okunma
56 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
O'quvchi qiz — Osamu Dazai
Dazai bu hikoyasini o'z o'quvchisi yuborgan maktubga asoslanib yozadi. Unda ismi noma'lum bir qizning ertalab uyg'onganidan to uxlagungacha bo'lgan bir kunlik hayoti tasvirlangan. Bundan avval adibning "Insoniyligimni yo'qotib" asarini o'qigandim, shu sabab bu hikoyani hech ikkilanishsiz o'qishga
Öğrenci Kız
Öğrenci KızOsamu Dazai · Can Yayınları · 20208,3bin okunma

Okur Takip Önerileri

Tümünü Gör
240 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
·
19 günde okudu
Tomris Han — Emrullah Özdemir
Afsonaviy qahramonimiz Toʻmaris haqidagi filmni koʻrgach, mavzuga doir badiiy adabiyot oʻqish istagi uygʻongandi. Shunda oldimdan shu kitob chiqdiyu, oʻqishni boshladim. Kitob sak turklarining ilk ayol hukmdori Toʻmaris Xotun haqida boʻlsada, Toʻmaris shaxsini oxirgi 40 betda oʻqidim xolos. Ungacha 200 bet davomida fors va sak turklarining
Tomris - Türklerin İlk Kadın Hükümdarı
Tomris - Türklerin İlk Kadın HükümdarıEmrullah Özdemir · Akçağ Yayınları · 2014665 okunma
159 syf.
6/10 puan verdi
·
Beğendi
·
20 günde okudu
Turkiy xalqlar mafkurasi — Usmon Turon
Toʻmaris dostoniga qiziqish asnosida, umumiy tariximizga ham bir koʻz yugurtirib qoʻyay deb Usmon Turonning shu kitobini oʻqib chiqdim. Kitob mavzuga kirish qilmoqchi boʻlganlarga yaxshi qoʻllanma boʻla oladi. Unda turklarning etnik va irqiy xususiyatlari, tarix davomida mo'g'ullashishi va islomga kirishi, islomdan avvalgi davrlari,
Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi Tarihi
Türk Cihan Hakimiyeti Mefkuresi TarihiOsman Turan · Ötüken Neşriyat · 2019414 okunma
Reklam
224 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
7 günde okudu
Sputnik sevgilim — Haruki Murakami
Tuhaf yazarlık tarihine sahip tuhaf kitaplar yaratıcısı Haruki Murakami'dan okuduğum ikinci kitap "Sputnik Sevgilim" oldu. Ama iyi anlamda tuhaflık. Onun romanlarındaki sihirli anlatım sizi gerçeklikten uzaklaştırır ama kökten koparmaz. Onun yarattığı karakterler gerçeklik ve gerçekdışı arasında sürekli gidip gelirler. "Sputnik Sevgilim" kitabı kısaca yalnızlık hakkında. Kitapta yalnızlık kavramı olumlu yönden incelenmiş. Kitabın başlanışı de bitişi de aynı şu cümlelerle yazılır: "İnsan yalnızlığı deneyımlemek zorundadır." Kitapta Japonya'dan Yunanistan'a kadar sürmüş uç ana karakterin sıradışı aşk hikayesi anlatılmış. Hikaye edici karakter K. Sumireye aşık, Sumire de evli kadın Myuyu seviyor, başka bır yan karakter de K. ye sever. Bu yandan kitabı aşk dörtlemesi de diyebiliriz. Ama buna rağmen ne Myu Sumirenin aşkına cevap veriyor ne Sumire K. yı gerçek anlamda seviyor ne de K. onu seven kadina gerçek. Böylelikle hepsi yalnızlığı deneyimliyor. Ayrıca kitaptakı uç ana karakter: K. , Sumire ve Myunun benlik dönüşümüne şahit oluyoruz. Bu yüzden kitapta insanın anlam arayışı gibi süreci de okuyoruz. K. nin olan bitenlerden sonra kontrolu kaybetmeden yaşamaya devam etmesi, Sumirenin otelde kabustan uyanıp ertesi sabah kaybolması, Myunun dönme dolapta mahsur kalışı... Kitabı okumayanlar için bu cümlelerin bir anlamı yoktur da o yüzden tatkaçıran olamaz. Okumayanlar varsa sadece okumasını öneririm. Kendiniz için harika dünyalar keşfedeceksniz kesin.
Sputnik Sevgilim
Sputnik SevgilimHaruki Murakami · Doğan Kitap · 20165,7bin okunma
239 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
·
5 günde okudu
Carrie — Stephen King
Korku hissini kemiklerinize kadar "dokunduran" yazar Stephen King'in ilk kitabını bitirdim. Birkaç ay önce yazarın "O" ve "Hayvan mezarlığı" kitaplarını okumuştum. "Carrie" King'in ilk yazan kitabı olmasına rağmen, oldukça iyi yazılmış, başlangıç olarak fena değil, herhalde. Stephen King
Göz
GözStephen King · Altın Kitaplar · 20216,4bin okunma
426 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
·
10 günde okudu
Kuzuların sessizliği — Thomas Harris
Katılın iç dünyası, düşünceleri, karakteri nasıl olur? Onu bir insanı öldürmeye teşebbüs eden şey nedir? Ve niçin katiller sıradan insanlardan daha zekâlı olurlar? Kitabı okurken bu sorulara yanıtlayacak va kendinizi suç yerlerinde Clarise ile birlikte, bir seri katılın peşinden koşarken bulacaksınız. Daha okul mezunu olmayan Clarise, seri
Kuzuların Sessizliği
Kuzuların SessizliğiThomas Harris · Nemesis Kitap · 20141,430 okunma
126 syf.
9/10 puan verdi
·
Beğendi
·
4 günde okudu
"Genç Werther'in Acıları" — Iohann Wolfgang Von Goethe
Goethe'nin ilk kitabı olmuş bu "aşk hikayesi" 1774'te iki hafta boyunca yazılmıştır. Daha ilginç yönü, kitabın kendi zamanında yarattığı tepki. Kitap yayınlandıkça, o dönem alman gençleri arasında Werther gibi giyinme popülerleşmiş. Daha ilginçi ve şununla birlikte iç karartıcı gerçek de kitabın "Werther etkisi"ni
Genç Werther'in Acıları
Genç Werther'in AcılarıJohann Wolfgang Von Goethe · Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları · 2021121,1bin okunma
107 syf.
9/10 puan verdi
·
Beğendi
·
4 saatte okudu
Besh chambar kitobi — Miyamoto Musashi
​Musashi shaxsiyati bilan ilk bor 2023-yil dekabrida, Youtube'da videosini ko'rib, tanishib chiqqandim. U 17-asr oxiri 18-asr boshlaridagi Yaponiyada yashagan, "Qilich ustozi" nomini olgan, tarixdagi eng kuchli samuraylardan biri bo'lgan. Uning hayot falsafasi haqida bu postda (t.me/stoik_kutubxona...) qisqacha
Beş Çember Kitabı
Beş Çember KitabıMiyamoto Musashi · Anahtar Kitaplar Yayınevi · 2006451 okunma
Reklam
192 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
13 günde okudu
Sümerli Ludingirra — Muazzez Ilmiye Çığ
Ludingirra tarixdagi ilk shoir deya eʼtirof etiladi. Albatta, ungacha odamlar she'r aytmagan, to'qimagan deysizmi? Qilgan, lekin Ludingirra she'rlarini yozgan, tarqatgan, hozirgi zamon tilida aytganda kitobi bestseller boʻlgan. Shumer Ludingirra nafaqat shumerlar orasida, balki boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, maktab
Sumerli Ludingirra
Sumerli LudingirraMuazzez İlmiye Çığ · Kaynak Yayınları · 2019833 okunma
336 syf.
6/10 puan verdi
·
Beğendi
·
8 saatte okudu
The Park Bench — Christophe Chaboute
"Park Bench" - rassomi Chaboute, muallifi esa sizning oʻzingiz boʻlgan grafik roman, sababi 336 sahifa davomida birorta dialog yoki soʻzni uchratmaysiz. Chaboute oʻz tasvirlari bilan syujet yaratishni oʻquvchini oʻziga qoʻyib beradi. Shu orqali, har bir kitobxon bu kitobdan oʻz hikoyasini yaratishi mumkin. Kitobning eng muhim jihati ham mana shunda. Endi esa oʻzim yaratib olgan hikoyamga kelsak. Har kim umrida kamida bir marta boʻlsin xarrakka oʻtirgan. Balki qaysidir biriga koʻproq oʻtirgandirsiz. Buni aniq aytish qiyin. Lekin shunisi aniqki, bizdan boshqa odamlar ham unga oʻtirgan. Biz ketgandan soʻng, boshqalar unga oʻtirdi, suhbatlashdi, dil izhori qildi, ovqatlandi, uxladi, nimadirlar yashab oʻtkazdi va ketdi. Mana shu tsikl tinimsiz takrorlandi va hozir ham takrorlanyapti. Biz esa bular haqida judayam kam narsani bilamiz. Ba'zan o'zimizdan boshqa narsalarning mavjudligini ham yodimizdan chiqaramiz. Yonimizdagi inson ham "Biz kabi" odamligini unutamiz (uysiz va politsiya). Hayot deb atalmish poygadan bir lahzaga tin olib, shunchaki oʻtirishni unutamiz (har kuni ishga portfel koʻtarib ketadigan odam). Baʼzida shukr qilishni unutamiz (skeytbort uchadigan bola). Sevgan insonlarimiz bilan boʻlishish beradigan hisni unutamiz (qariya juftlik). Salbiy xayollar bilan oʻzni yeb-bitirish oʻrniga nuqtayi nazarimizni oʻzgartirishni unutamiz (gul koʻtargan odam). Ba'zan esa shunchaki bir sahifa kitob oʻqishni unutamiz...
The Park Bench
The Park BenchChristophe Chaboute · ‎ Gallery 13; Illustrated edition · 20129 okunma
99 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
33 saatte okudu
Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib boʻlmaydi"
Amerikalik yozuvchi Ernest Xeminguey qalamiga mansub "Chol va dengiz" qissasi anchadan beri oʻqilishi shart kitoblar roʻyxatimda turardi. Adibning eng mashhur asarlaridan boʻlmish ushbu qissasida inson matonati, tirik qolish uchun kurash, oʻz oʻljasini birovga berib qoʻymaslik, sobit maqsadidan toymaslik kabi insonning to ibtidosiga borib taqaladigan instinktlarimiz chiroyli tarzda bayon etilgan. Keksa baliqchi sal kam uch oylik besamar ovlaridan so'ng, ulkan baliqni ilintirishga erishadi, lekin jonivorning kuchi shu qadar zo'rligidan cholni kunlab sarson qiladi. Mana shu yerda "erkak matonati" degan narsa oʻrtaga chiqadi. "Yana ozroq chida", "Oz qoldi," deya oʻzini ovutib, chalgʻitib, axiyri maqsadiga erishgan qariya Santyagoni, oldinda ortga yoʻl, yoʻl boʻlgandayam xirsdek baliqni tortib ketish mashaqqati turgandi. Mashaqqatning eng kattasi esa yoʻlda uchraydigan, oʻljaga sherik boʻladigan xira "bezorilar" edi. Aslini olganda asardagi qariya - biz, u tutgan ulkan baliq - ulkan orzularimiz edi. Bu ulkan orzularga erishish uchun esa baliqchi dengizning uzoq sarhadlariga borishi kerak edi. Baʼzi qaltis qarorlarni qilishi va natijada ulkan baliqni qoʻlga kiritganiga qaramay, nimani evaziga degan oʻrinli savol paydo boʻladi. Oxir-oqibatda ulkan baliq tutganining hech qanday maʼnosi qolmadi. Chunki yolgʻiz, anjomlari ham yetarsiz edi. Shu yerda yozuvchi, buyuk orzularimizni roʻyobga chiqarish jarayonida oʻzimizdan boshqasi ishtirok etmasligini eslatgandek goʻyo. Har qancha bizni sevadigan yoki biz sevadigan insonlar boʻlishiga qaramay, baʼzi pillapoyalardan yolgʻiz chiqishga majbur boʻlamiz. "Chol va dengiz" ayni shuning ramzi yangligʻ yozilgan qissadir.
Yaşlı Adam ve Deniz
Yaşlı Adam ve DenizErnest Hemingway · Bilgi Yayınları · 202332,1bin okunma
160 syf.
·
Puan vermedi
·
Beğendi
·
11 günde okudu
Vejetaryen - Hang Kang
Koreys adabiyotiga mansub ushbu psixologik-to'qima roman uch qismdan iborat bo'lib, uch yon obraz orqali bosh qahramon haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon qo'y og'zidan cho'p olmaydigan, "oila ayoli" bo'lmish Yonghe bir kuni yomon tush ko'radi va o'shandan boshlab vegetarianga aylanadi. Uydagi
Vejetaryen
VejetaryenHan Kang · April Yayıncılık · 20163,121 okunma
232 syf.
6/10 puan verdi
·
14 günde okudu
Dinlenme ve rahatlama yılım — Ottessa Moshfegh
Bu asar zamonamiz adabiyotidan oʻqigan kam sonli mutolalarimda biri boʻldi. Unda sanʼat yoʻnalishida oʻqiydigan oʻrta yoshdagi ayolning sokin, melanxolik va baʼzan kulgili hollariga guvoh boʻlasiz. Bolalikdan travmalar bilan oʻsgan va yaqindagina ota-onasidan judo boʻlgan bu ayol, hamma narsasi yetarli boʻlishiga qaramay yuragida huddi qora tuynuk bordek his qiladi. Buning boisi na biznesmen yigiti, na asabni buzadigan dugonasi va na yetimligi edi. Xoʻsh, unda muammoning asosi nimada? Ottessa bu asari bilan ekzistensial inqiroz va yolgʻizlikni taʼsirli, shavqatsiz va kulgili tarzda yetkazib bergan. Asar uslubi men uchun ancha yangilik boʻldi, boisi unda syujet mavjud emas. Ilgari bunday uslubda kitob oʻqiganimni eslolmayman. Va aytishlaricha, zamonamiz yozuvchilarining barchasi ayni paytda syujetsiz, asosiy planda ma'no mohiyat boʻlgan asarlar ijod qilishmoqda ekan. Oʻzim aʼzo boʻlgan bookclub ishtirokchilari bilan oʻtkazilgan kitob muhokamasi anchagina foydali boʻldi, yuqoridagi asar va umumiy adabiyot toʻgʻrisida yangi tushunchalarni oʻzim uchun kashf etdim.
Dinlenme ve Rahatlama Yılım
Dinlenme ve Rahatlama YılımOttessa Moshfegh · İthaki Yayınları · 20221,012 okunma
724 syf.
10/10 puan verdi
·
Beğendi
·
33 günde okudu
Tutunamayanlar — Oğuz Atay
Bir yildan beri havas qilib, faqat iqtiboslardangina tanish bo'lgan asarim - Tutunamayanlar'ni axiyri o'qib bitirdim. Axiyri deyishimni sababi, o'qilishi o'tgan oyda boshlanib, 200-sahifalarda to'xtatib qo'ygandim. Sababi murakkab tilda yozilgani va meni tushunmay qolayotganim edi. Lekin, ikki haftalar oldin
Tutunamayanlar
TutunamayanlarOğuz Atay · İletişim Yayınları · 202061,8bin okunma
Reklam
261 syf.
9/10 puan verdi
·
Beğendi
·
25 günde okudu
Pashshalar hukmdori — Uilliam Golding
Asar bir qarashda bolalarning kimsasiz orolga tushib qolishi va u yerda koʻrgan-kechirganlari hisobiga bolalar adabiyotidan deb oʻylashingiz mumkin, ehtimol. Lekin bu toʻgʻri emas, negaligini tushuntiraman. Voqealar urushdan himoyalash uchun bolalarni olib ketayotgan samolyotning odam oyogʻi yetmagan orolga qulashi bilan boshlanadi. Olti
Sineklerin Tanrısı
Sineklerin TanrısıWilliam Golding · Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları · 202080,5bin okunma
128 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
·
11 günde okudu
Insoniyligimni yoʻqotib — Osamu Dazai
Yozuvchi ushbu asari orqali kitobxon oldiga bir qator savollarni teradi: Inson boʻlish oʻzi nima? Biz qanchalik darajada insonmiz? Jamiyat ichida qabul qilinish uchun qanday rollarni oʻynashga majburmiz? Nega yolgʻizmiz? Va nihoyat. Bu hayot yashashga arziydimi? Dazai bu savollarni berish bilan cheklanibgina qolmay, quyidagicha javoblarni ham
İnsanlığımı Yitirirken
İnsanlığımı YitirirkenOsamu Dazai · İthaki Yayınları · 202334bin okunma
208 syf.
10/10 puan verdi
·
Beğendi
sut va bol — rupi kaur
bu bir safar hikoyasi she'rla sogʻ qolish safari yigirma bir yillik qon, ter, koʻz yoshi hovuchlaring ichidagi yuragim sanchish sevish sinish sogʻayish Kanadaning Toronto shahrida yashaydigan yozuvchi va rassom rupi kaur oʻzining she'r va chizmalarida sevgi, yoʻqotish, travma, sogʻayish va ayollik kabi mavzularni qalamga oladi. uning
Süt ve Bal
Süt ve BalRupi Kaur · Pegasus Yayınları · 20177bin okunma
264 syf.
7/10 puan verdi
·
Beğendi
Ifor — Patrik Zyuskind
Bir qotilning qissasi - IFOR Asar nemis yozuvchisi Patrik Zyuskind tomonidan 1985-yilda yozilgan va muallifga ulkan shuhratlar keltirgani aytiladi. Buni kitobning haligacha o'qilishi va 33 tilga o'girilganidan ham sezish mumkin. Asar asosida 2006-yilda ishlangan film esa kitob mashhurligini karrasiga orttirgan menimcha. Asar XVlll asr
Koku
KokuPatrick Süskind · Can Yayınları · 201822bin okunma
441 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
24 günde okudu
Uch og'ayni — Erix Mariya Remark
Asar nomidan, bir qarashda uch o'rtoqning qandaydir sarguzashtlari haqidadek tasavvur beradigan ushbu kitob, aslida o'ylaganingizdan kengroq mavzu - muhabbat haqida. Va men qo'rqmasdan, sevgi mavzusida o'qigan eng tabiiy, sof, samimiy asarim shu bo'ldi, deya olaman. Asarda ikki sodda qalbning topishishi, birlashishi va
Üç Arkadaş
Üç ArkadaşErich Maria Remarque · Altın Kitaplar Yayınevi · 1961224 okunma
375 syf.
8/10 puan verdi
·
Beğendi
·
67 günde okudu
Hayvan mezarlığı — Stephen King
Asar 4 kishidan iborat kichik oila - Kridlarning qalin o'rmon bilan qoplangan Ludlov shaharchasiga ko'chib kelishlari bilan boshlanadi. Bostonning shovqinli hayotidan qochib, huzur va tinchlik istab kelgan bu yosh oilani oldinda aqlga sig'mas ishlar kutib turgandi. Kitobni o'qirkanman, eng boshida ularning qora mushigi -
Hayvan Mezarlığı
Hayvan MezarlığıStephen King · Altın Kitaplar · 201911,8bin okunma
Reklam
181 syf.
·
Puan vermedi
·
Beğendi
Ayrilmas er — Fyodor Dostoyevskiy
Dostoyevskiy haqiqiy daho. Uni shunchaki o'qigingiz kelgani uchungina o'qiy olmaysiz. Uni o'qish uchun yetarli darajada ulg'aygan bo'lish kerak. Men o'zimdan amin bo'lmaganim uchun haligacha uning kitoblarini o'qishga jazm qilolmay yurardim. To kitobxonlar guruhida birgalikda o'qishni boshlamagunimizga qadar. Kitobni boshlashga boshlab, ilk boshda yozuvchi tiliga moslashib olishga ancha qiynaldim, 100-betlardan keyingina Fedya tog'o bilan yaxshi chiqisha boshladik. Asar mavzusi er-xotin-jazman bo'lib, unda deyarli har bir obrazning psixilogik portreti yuksak mahorat bilan chiziladi. Bu jihatdan Dostoyevskiy haqiqiy psixolog ham. Asar vafot etgan xotinining xushtorlariga yozgan ishqiy nomalarini topib olgan erning, xushtorlarni qidirib Peterburgga safar qilishi bilan boshlanadi. Kitobda ikki asosiy qahramon bor: xushtor Velchaninov va jabrlanuvchi "ayrilmas er" Pavel Pavlovich. Asarda inson fojealari qayta va qayta kulgi ostiga olingan. Rashk, qasos, extiros, sevgi va hasad kabi hislar qahramonlar xarakterida batafsil yoritib berilgan. Kitob mutolaa davomida sizni ichagingizni uzgudek kuldirishi ham, g'ashingizni keltirib, nafratlantirishi ham mumkin. Umuman olganda, dahoning kitoblarini endi boshlamoqchi bo'lgan kitobxonlar uchun bu asar yaxshi tanlov bo'lib beradi. Tavsiya qilaman, bemalol qayta o'qiladigan kitoblar sirasiga kiritsa bo'ladigan asar.
Ebedi Koca
Ebedi KocaFyodor Dostoyevski · Araf Yayıncılık · 20122,893 okunma